Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, muzokaralar konstruktiv ruhda keçib, tomonlar hamkorlikni rivojlantiriş böyiça navbatdagi çoralarni belgilab oldi.

Özbekistonning maxsus iqtisodiy zonalarida samaradorlikni oşiriş dasturini işlab çiqiş, bunda "yagona oyna" mexanizmi, unifikatsiyalangan boşqaruv standartlari, CRM platformasi va zamonaviy infratuzilmani joriy etiş, şuningdek, strategik investitsiyalarni jalb etişga yönaltiriş böyiça kelişuvga erişildi.

Singapur modeli asosida pilot maxsus iqtisodiy zonani taşkil etiş taşabbusi muhokama qilindi. Buning uçun qöşma ekspertlar guruhi şakllantiriladi.

Yana bir muhim kelişuvlardan biri – Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumanida 1800 iş örni yaratiş imkonini beruvçi agrosanoat loyihasini amalga oşiriş böyiça çoralar belgilandi.