Samarqand davlat tibbiyot instituti mazkur öquv yilida institutdagi xorijlik talabalar sonini 500 nafarga yetkazmoqçi. Hozirga qadar SamDTIda öqiş istagini bildirib, 350 nafar xorij fuqarolari hujjat topşirgan.
E'tirof etmoq kerak, Samarqand davlat tibbiyot institutining xalqaro miqyosda nufuzi sönggi yillarda yaxşilanib bormoqda. Xususan, AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Italiya, Ispaniya, Belgiya, Slovakiya, Portugaliya, Turkiya, Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozoğiston, Tojikiston, Bolgariya, Gruziya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindistondagi 70 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari örnatildi.
Hamkorlik doirasida institutda yangi qöşma ta'lim dasturlari taşkil etilgan. Uşbu dasturlar doirasida 2020/2021 öquv mavsumidan boşlab 6 ta bakalavriat va 9 ta magistratura yönalişlari böyiça qabul rejalaştirildi.

Qöşma bakalavriat ta'lim yönalişlari quyidagi xorijiy hamkor ta'lim muassasalari bilan birgalikda amalga oşiriladi:
Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda:
* Davolaş işi;
* Pediatriya;
* Stomatologiya.
Çuvaşiya davlat universiteti (Rossiya) bilan hamkorlikda:
* Klinik psixologiya.
Lyuis milliy universiteti (Polşa) bilan hamkorlikda:
* Soğliqni saqlaş menejmenti.
Ternopol milliy tibbiyot universiteti (Ukraina) bilan hamkorlikda:
* Oliy hamşiralik işi.
Qöşma magistratura mutaxassisliklari böyiça ta'lim quyidagi xorijiy hamkor oliy ta'lim muassasalari bilan amalga oşiriladi:
Belarus davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda:
* Otorinolaringologiya;
* Travmatologiya va ortopediya;
* Stomatologiya (mutaxassisliklar böyiça);
* Instrumental va funksional tekşiriş usullari (mikrobiologiya va virusologiya);
* Instrumental va funksional tekşiriş usullari (tibbiy bioximiya);
* Farmakologiya mutaxassisliklari.

Samarqand davlat tibbiyot institutiga xorijiy talabalarni jalb qiliş böyiça ham investor taşkilotlar bilan hamkorlik yaxşi yölga qöyilgan. Unga köra, 2020/21 öquv mavsumida institutda tahsil olayotgan xorijiy talabalar soni 500 nafargaça yetişi kutilmoqda.
Şuningdek, institutda xalqaro qöşma dasturlar va xorijiy talabalar soni oşgani sabab, xalqaro ta'lim fakulteti ham taşkil etildi. Uşbu fakultet yölga qöyilayotgan yangi dasturlarni muvofiqlaştirib boradi.
Samarqand davlat tibbiyot institutida talabalarni rağbatlantiriş maqsadida rektor stipendiyasi joriy etildi. Bu borada institut ilmiy kengaşi qaror qabul qilgan.
Şuningdek, öz ustida işlagan öqituvçilar ham oliygoh tomonidan rağbatlantirib boriladi. Ilmiy izlanuvçi pedagoglar «Skopus» tizimidagi xalqaro jurnallarda çop etilgan har bir maqolasi uçun 3 million sömdan qalam haqi olişadi.
Umuman olganda, institut bugun nafaqat professor-öqituvçilar, balki ilm oliş istagini bildirgan Özbekiston va xorijlik yoşlarga keng imkoniyatlar yaratiş, zamonaviy oliy öquv yurti maqomiga tom ma'noda erişiş maqsadida bor imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Aytiş lozim, institut jamoasi yaqin yillarda dunyodagi eng kuçli mingta oliy öquv yurtining biriga aylanişni maqsad qilgan.
Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati











