AQŞ Davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistonini Isroilni tan olişga çaqirdi. Isroil davlati uçun ikki arab podşohligi bilan normallaşuvga erişuv strategik rivojlanişga katta xizmat qiladi.

Taşqi siyosatini Saudiya Arabistoni bilan qat'iy muvofiqlaştiradigan Bahrayn va Birlaşgan Arab Amirliklari 15 sentabr kuni Oq uyda Isroil bilan «Ibrohim kelişuvi» deb nomlangan şartnomani imzolaşgandi. Öz navbatida, Falastin rasmiylari bu normallaştirişni «Falastin xalqining orqasidan xanjar uriş» deb baholagan.

Çorşanba kuni Vaşingtonda (Saudiya Arabistoni) taşqi işlar vaziri şahzoda Faysal bin Farxon bilan uçraşuvda Pompeo uşbu kelişuv «mintaqaviy tinçlik va xavfsizlik böyiça umumiy maqsadlarga katta hissa qöşgani» haqida ta'kidladi.

«Ular mintaqadagi özgaruvçan dinamikani aks ettiradi. Bunda mamlakatlar Eron ta'siriga qarşi turiş va farovonlik yaratiş uçun mintaqaviy hamkorlik qiliş zarur ekanligini tan oladilar. Umid qilamizki, Saudiya Arabistoni ham öz munosabatlarini normallaştiriş haqida öylab köradi. Biz ularga şu paytgaça «Ibrohim kelişuvi»ni amalga oşirişda körsatgan yordamlari uçun minnatdorçilik bildirmoqçimiz», degan Pompeo.

Şuningdek, Pompeo Saudiya Falastin rahbarlarini yoki Falastin ma'muriyatini (PA) Isroil bilan muzokaralar olib borişga undaşiga umid qilişini qöşimça qilgan.