10-noyabr kuni Turkiyaning Antaliya şahrida ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça konferensiyasi (COP31) doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri, şahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv avvalida Saudiya Arabistoni vaziri davlat rahbariga podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hamda valiahd, boş vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muzokaralarda Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda ikki mamlakat munosabatlari jadal rivojlanib, yirik qöşma loyihalar portfeli şakllangan. Ularning asosiy qismi «yaşil» energetika sohasiga töğri keladi.

Şu bilan birga, tomonlar hamkorlikni energetikadan taşqari boşqa strategik tarmoqlarda ham çuqurlaştiriş masalasini muhokama qildi.
Xususan, neft-gaz, neft-kimyo va toğ-kon sanoatida şeriklikni yangi bosqiçga olib çiqiş, şuningdek, ustuvor yönalişlar böyiça aniq amaliy takliflar işlab çiqişga alohida eʼtibor qaratildi.














