Reytingning sönggi poğonasidan qatorasiga oltinçi yil Xitoy joy oldi. Kuzatuvçilar XXRda ayniqsa pandemiya davrida internet senzura darajasi sezilarli oşganini qayd etişgan. Mamlakatda onlayn erkinlik 100 balldan 10 ballga baholangan xolos.
Tadqiqotçilar internetdagi erkinlikka tahdidlarni 9 xil toifaga bölişgan. Hisobot davrida (2019 yil iyunidan 2020 yil mayigaça) uşbu 9 xil toifa insidentlarning barçasi kuzatilgan davlatlar 2ta: Xitoy va Özbekiston.
Qayd etilişiça, yuqoridagi muddatda Xitoy va Özbekistonda:
- ijtimoiy tarmoqlar yoki kommunikatsiya platformalari bloklangan;
- siyosiy, ijtimoiy yoki diniy kontentga tösiq qöyilgan;
- AKT tarmoqlari qasddan buzilgan;
- hukumatparast izohçilar onlayn muhokamalarni manipulyatsiya qilgan;
- senzurani kuçaytiruvçi yangi qonun yoxud normativ huquqiy hujjat qabul qilingan;
- kuzatuvlarni kuçaytiruvçi yoki anonimlikni çeklovçi yangi qonun yoxud normativ huquqiy hujjat qabul qilingan;
- internetda siyosiy yoki ijtimoiy kontent yaratgan bloger yoki tarmoq foydalanuvçisi hibsga olingan;
- bloger yoki tarmoq foydalanuvçisi jismoniy hujumga uçragan;
- hukumat tanqidçilari yoki inson huquqlari taşkilotlariga texnik hujumlar bölgan.
Hisobotda 65ta davlatdagi onlayn erkinlik holatiga baho berilgan bölib, dunyodagi internet foydalanuvçilarining 87 foizi şu mamlakatlarda yaşaydi. Ulardan 9tasida yuqorida sanab ötilgan 9 xil toifa insidentlarning birortasi ham röy bermagan. 65ta davlatdan 15tasida virtual maydon erkin, 28tasida qisman erkin va 22tasida erkin emas deb topilgan.

Reytingni 100 balldan 95 ball töplagan Islandiya boşqarib turibdi. Yuqori beşlikda Estoniya, Kanada, Germaniya va Buyuk Britaniya ham bor.
Özbekiston 27 ball (ötgan yilgiga nisbatan +1










