Kaliforniya ştatida joylaşgan Sandvine kompaniyasi axborot tarmoqlari boşqaruvi, xavfsizligi va internet-traffikni filtrlaşda qöllanadigan uskunalar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.

Şu yil avgustda Belarusdagi saylovlar vaqtida internetga tösiq qöyişda ayni şu kompaniya mahsulotlaridan foydalanilgan. Bu ma'lum bölib qolgaç, San-Fransiskoda bir guruh faollar kompaniyaga qarşi namoyiş ötkazgan, Sandvine esa Belarusga uskunalar sotişni töxtatişini e'lon qilgandi.

Bloomberg agentligi uşbu kompaniyaning 3 nafar hozirgi va 5 nafar sobiq xodimlari hamda firma hujjatlariga asoslanib xabar berişiça, Belarus – Sandvine uskunalaridan foydalanib internetni senzura qilgan yagona davlat emas. Bunday davlatlar qatorida Özbekiston, Rossiya, Turkiya, BAA, Ozarboyjon va Afğoniston doxil öndan ortiq mamlakat bor.

Bu mamlakatlarda Sandvine'ning veb-saytlarni bloklaş texnologiyalaridan siyosiy maqsadlarda yangiliklar saytlari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga tösiq qöyişda foydalanilgan, deyiladi xabarda.

Bloomberg bu borada izoh oliş uçun Sandvine bilan boğlangan. Kompaniya öz javobida qaysi mamlakatlar bilan hamkorlik qilayotganini oçiqlamagan va sotayotgan uskunalari «inson huquqlari yoki erkin axborot oqimiga tösiq qöyiş uçun möljallanmagan»ini bildirgan. Berilgan izohga köra, kompaniya mahsulotlari bolalar pornografiyasi, odam savdosi, terrorizm va zararli kompyuter dasturlariga qarşi kuraşişda qöllanadi.

Sandvine ötgan oyda Belarus bilan bitim bekor qilingani haqida bergan bayonotida, ikkinçi taraf «inson huquqlarini buzayotgani, bu esa örtadagi şartnoma avtomatik ravişda öz kuçini yöqotişiga sabab bölgani» aytilgan.

Bloomberg suhbatlaşgan AQŞ senatori Dik Durbin Sandvine'ni, Belarus bilan boğliq voqeadan xulosa çiqarib, uskunalarni noma'qul senzura uçun qöllaşi mumkin bölgan davlatlar bilan bitimlarni qayta körib çiqişga çaqirgan.

Sandvine'ning agentlik bilan anonim ravişda suhbatlaşgan 5 nafar sobiq xodimidan 3 nafari kompaniya avtoritar hukumatlar bilan hamkorlik qilişiga qarşi bölgani sababli işdan böşaganini aytgan.

«Ayrimlarimiz mijozlar borasidagi şikoyatlarimizni bildirganmiz, lekin bu katta ehtimol bilan inobatga olinmagan. Kompaniyaning boş maqsadi – mahsulot sotiş», – degan şirkatning xalqaro savdo-sotiq işlaridan bevosita xabardor lavozimdagi xodimi.