Ma'lumki, 2020 yil 12 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligida Intellektual mulk obektlarini muhofaza qiliş tizimini takomillaştiriş masalasi yuzasidan ötkazilgan uçraşuvda soha kompleks tahlil qilinib, tizimdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş uçun bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk agentligi» tomonidan viloyatlarda sayyor uçraşuvlar ötkaziş yölga qöyildi.

Uçraşuvlarda tadbirkorlarga milliy brend yaratişning öziga xosliklari, tovar belgisini röyxatdan ötkaziş tartibi, yurtimizdagi joy nomlari bilan boğliq tovar va xizmatlarni ommalaştiriş, ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş, tadbirkorlar va patent egalari, ilm-fan vakillari örtasida hamkorlik aloqalarini örnatiş masalalari muhokama qilindi.
Respublikamiz viloyatlarida bölib ötgan uçraşuvlarda soha mutaxassislari tomonidan intellektual mulkni patentlaştiriş jarayoni, mulkni muhofaza qiliş ahamiyati, tovar belgisining kompaniya imijini yaratişdagi örni haqida atrofliça ma'lumot berildi.
Soha faollari bilan bölib ötgan uçraşuvlarda bir qator çora-tadbirlarni amalga oşiriş belgilandi. Xususan, viloyatlardagi korxonalar va oliy öquv yurtlari örtasida amaliy hamkorlikni örnatiş, bu orqali ilmiy işlanmalarni tijoratlaştirişga kömak beriş, tovar belgisi mahsulot qiymatini oşirişda katta ahamiyatga ega ekanligi tuşuntirildi.

Bu amaliy harakat natijasida ilm-fan va işlab çiqarişni uzviy boğlagan holda klaster tuziş, zamon talablariga mos işlanmalar yaratişni yölga qöyiş imkoni yaratiladi.
Uçraşuvda davlat idoralari bilan birgalikda sohani rivojlantirişga qaratilgan uç yillik dastur işlab çiqişda hamkorlikni örnatiş, tadbirkorlarga milliy brendni yaratiş, tovar belgilarini milliy va xalqaro röyxatdan ötkazişda amaliy yordam körsatiş, intellektual mulk yaratuvçilari uçun imtiyozlarni joriy qiliş belgilandi.
Sayyor uçraşuvlarda faqatgina bir hududga xos bölgan mahsulotni geografik körsatkiçi böyiça röyxatdan ötkaziş, şu mahsulot qiymatini oşirib, mazkur hudud taniqliligini oşirişiga e'tibor qaratildi. Çust piçoği, Samarqand noni, Marğilon adrasi, Şerobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mahsulotlarni hududiy mansubligi böyiça röyxatdan ötkazib, xalqaro bozorda faol tarğib qiliş masalalari ham muhokama qilindi.
Uçraşuvlarda viloyatlarning öziga xosligidan kelib çiqib, intellektual mulk obektlarini muhofaza qilişga urğu berildi.

Jumladan, Xorazm viloyatida 45 ta intellektual mulk obektlari amalda foydalanib kelinmoqda, - deydi «Intellektual mulk agentligi» bölim boşliği Jaxongir Mansurov. - Endilikda, Xorazm qovunlari, Gurlan guruçi, Hazorasp olmasi, Boğot uzumi, “Katta boğ koşinlari”, Xorazm çögirmasi kabi qişloq xöjalik mahsulotlarini hududiy mansubligi böyiça röyxatdan ötkazib, xalqaro bozorlarda faol tarğib qiliş navbatdagi vazifa sifatida belgilandi.
Agentlik vakillari Samarqand viloyatiga taşrifi davomida Qorakölçilik va çöl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanişişdi.
Institut professor-olimlari bilan suhbat davomida yöqolib ketiş arafasidagi ösimliklarning gerbariylari, qoraköl terini rivojlantiriş hamda yangi yaratilgan turlarni muhofazalaş, şu bilan birga ixtirolarni patentlaş muddatlarini qisqartiriş yuzasidan takliflar bildirildi.

Respublikamiz viloyatlaridagi uçraşuvlarda hunarmandçilik namunalarini muhofazalaş, ularni hududiy mansubligi böyiça röyxatdan ötkaziş va çet elda tarğib qilişda amaliy yordam körsatişga kelişildi.
Uçraşuvlarda internet tarmoğida mualliflik va turdoş huquqlar himoyasini ta'minlaş, adabiy va badiiy asarlardan mualliflar ruxsatisiz foydalanişning oldini oliş böyiça özaro hamkorlik işlarini olib boriş belgilandi.
Mamlakatimizda intellektual mulk sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş uçun ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş, mahalliy brendlarni ommalaştiriş, öziga xos innovatorlik maktabini yaratiş muhim ekanligi qayd etildi.
Uçraşuvlar yakunida qöyilgan vazifalar ijrosini ta'minlaş böyiça özaro hamkorlik örnatişga kelişildi.
«Intellektual mulk agentligi» Matbuot xizmati











