Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning fevral oyida ikkilamçi bozordagi avtomobillar narxlarining özgarişi tahlil qilindi.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxi
- Joriy yilning fevral oyida mahalliy ommabop avtomobillarning örtaça narxi pasaygan. Xususan:
- Onix: örtaça foydalanilgani 3 foizga (13 500 dollardan 13 100 dollarga), kam foydalanilgani 0,1 foizga (14 865 dollardan 14 850 dollarga);
- Lacetti: köp foydalanilgani 0,3 foizga (13 500 dollardan 13 461 dollarga);
- Cobalt: örtaça foydalanilgani 2,4 foizga (12 300 dollardan 12 000 dollarga), kam foydalanilgani 1,2 foizga (12 750 dollardan 12 600 dollarga), köp foydalanilgani 0,5 foizga (11 600 dollardan 11 538 dollarga);
- Nexia: örtaça foydalanilgani 1,9 foizga (11 500 dollardan 11 284 dollarga); köp foydalanilgani 0,9 foizga (10 800 foizdan 10 700 foizga);
- Spark: örtaça foydalanilgani 1 foizga (10 500 dollardan 10 400 dollarga), köp foydalanilgani 0,9 foizga (9 600 dollardan 9 500 dollarga);
- Damas: örtaça foydalanilgani 3,6 foizga (7 985 dollardan 7 000 dollarga), kam foydalanilgani 0,8 foizga (8 061 dollardan 8 000 dollarga) arzonlaşgan.
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi
- Equinox: köp foydalanilgani 1,1 foizga (27 300 dollardan 27 000 dollarga) arzonlagan bölsa, örtaça foydalanilgani 3,2 foizga (31 000 dollardan 32 000 dollarga) qimmatlaşgan;
- Malibu: kam foydalanilgani 0,7 foizga (31 907 dollardan 31 682 dollarga) arzonlaşgan bölsa, örtaça foydalanilganining narxi deyarli özgarişsiz (29 000 dollardan 29 070 dollarga) qolgan;
- Tracker: köp foydalanilgani 1,1 foizga (16 984 dollardan 16 800 dollarga) tuşgan bölsa, kam va örtaça foydalanilgani narxlarida özgariş kuzatilmagan.
BYD elektromobillari narxi
- Mazkur davrda BYD E2 narx jihatidan mahalliy ommabop avtomobillarga jiddiy raqobatçiga aylangan bölsa, yangi BYD Song Plus avtomobilining narxi sezilarli arzonlagan.











