Imzolaş marosimida Fransiya tomonidan Yevropa va taşqi işlar vazirining taşqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik böyiça vazir-delegati Frank Riyester, Fransiya taşqi işlar vazirining maslahatçisi Jan-Batist Şovel, Fransiya TIV kontinental Yevropa rahbari Maksim Dafri hamda bevosita Rungis Semmaris boş direktori Stefan Layani iştirok etişdi.
Rungis Semmaris kompaniyasining iştiroki bilan Qişloq xöjaligi vazirligi Özbekistonda va Markaziy Osiyoda yagona bölgan, yuqori xalqaro standartlarga muvofiq sakkizta yirik agrologistika markazlar tarmoğini yaratiş va boşqariş loyihasi amalga oşirişni rejalaştirmoqda.

«Uşbu ulkan agrologistika markazlari yirik şaharlarning çekkalarida quriladi — ularning umumiy maydoni qariyb 200 gektarni taşkil etadi, umumiy quvvati esa yiliga 3 million tonnadan ortiq bölişi kutilmoqda.
Eng yirik Toşkent agrologistika markazi 70-100 gektar maydonni egallaydi, eng ixçami esa Xorazmda böladi, ammo uning 10 gektar maydonni egallagan hajmi ham katta taassurot qoldiradi.
Xuddi Fransiyaning maşhur Ranjis mega-bozorida bölgani singari, uşbu agrologistika majmualarda ham faqat ulgurji savdogarlar savdo qilişlari mumkin böladi. Agro markazlarning asosiy maqsadi mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantiriş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini taşqi bozorga çiqiş uçun tayyorlaş jarayonini xalqaro darajaga yetkazişdir», - deya tuşuntiriş berdi qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayev.
Har bir agrologistika markazida barça zarur obektlar jamlanadi bular: kross-doklar, savdo pavilonlari, mehmonxonalar, tijorat banklari hamda xizmatlar: saralaş, kalibrlaş, quritiş, qayta işlaş, saqlaş, taşiş, yetkazib beriş, bojxona rasmiylaştiruvi, karantin, oziq-ovqat xavfsizligini sertifikatlaş, mutaxassislar maslahatlari boşqalar jamlanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra sakkizta agrologistika markazlari bazasida qariyb 10 mingga yaqin yangi iş örinlari


















