Bu illatga qarşi kuraşiş, uni tag tubi bilan yöqotiş çoralari deyarlik barça davlatlarda borligi kuzatiladi. Bu illat korrupsiyadir. Uning oldini olişga qaratilgan turli yösindagi tadbirlarning muntazam ravişda taşkil etilişining ahamiyati katta.
Taraqqiyotga tösiq böluvçi poraxörlik jamiyatning rivoji, sohalar yuksalişiga özining salbiy ta'sirini ötkazadi. Sobiq tuzum orqali saqlanib kelayotgan bu illatga qarşi kuraşning huquqiy asoslarini örganiş, ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarini izlaş muhim vazifalardandir.
Bu borada söz ketganda, 2017 yil 3 yanvar kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Korrupsiyaga qarşi kuraş töğrisida»gi Qonunni imzolagani va u 2017 yil 4 yanvardan kuçga kirganini ta'kidlaş örinlidir. Ayniqsa, Qonun asosida bu illatga qarşi kuraşni kuçaytiriş böyiça Prezident Farmoni va Davlat Dasturi ham qabul qilinib, joriy yilning 29 iyun sanasida muhtaram Prezidentimizning Qarori bilan mamlakatimizda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi taşkil etilgani e'tiborga molikdir.
Joriy yilning 10 dekabrida Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligining mexanizatsiyalaş muhandislari instituti xotin-qizlar kengaşining taşabbusi bilan “Korrupsiyaga qarşi kuraş va uning oldini oliş mavzusida ZOOM platformasi orqali umumiy tadbir bölib ötdi. Uşbu tadbirda Institutimiz rektori, professor Öktam Pardayeviç Umurzakov, Özbekiston Respublikasi boş prokuraturasining örinbosari Svetlana Ortiqova, Yoşlar bilan işlaş böyiça prorektori R.Çoriyev, Institut “Korrupsiyaga qarşi kuraş” böyiça raisi, professor Altiyev A.S. qatnaşdilar. Uşbu yiğilişni institutning Yoşlar bilan işlaş böyiça prorektori R.Çoriyev kiriş sözlari bilan oçib berdi. Şundan söng institutimiz rektori sözga çiqdilar. Ular öz sözlarida 2003 yil 9 dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarşi konvensiyasi imzolanganligi va uşbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni sifatida e'lon qilinganligi va şu tariqa 2004 yil 9 dekabr kunidan boşlab Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni sifatida nişonlanişi töğrisida gapirib ötdilar.


Şundan söng Özbekiston Respublikasi boş prokurorining örinbosari Svetlana Baymurzayevna Artikova sözga çikdi. U 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş davlat dasturi qabul qilinganligi, Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 may kuni “Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmonni imzolangani va Hujjat korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimi samaradorligini oşiriş, eng yuqori darajadagi qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e'tiborini oşirişga qaratilganligi töğrisida ma'lumot berib ötdi. Bu illat zanglaş-çiriş demakdir.

Idoraviy korrupsiyaga qarşi kuraşişning samarali dasturlarini amalga oşiriş, ularning hisobdorligi va faoliyatining oçiqligi mexanizmlarini joriy etiş, odob-axloq qoidalariga rioya etilişi va manfaatlar töqnaşuvining oldi olinişini ta'minlaş böyiça amaliy çora-tadbirlarni bajariş orqali tegişli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va şart-şaroitlarni tag-tomiri bilan yöqotiş davlat organlari va taşkilotlari rahbarlarining birinçi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi. Jinoyatçilikning oldini olişga yordam beriş kerak. Hamma narsa jinoyatçilikdan kelib çiqadi. Korrupsiyaga qarşi kuraşişda şafqatli böliş kerak emasligi borasida söz yuritildi. Talabalarning qiziqişlari va savollaridan zavqlangan S.Artikova pandemiyadan söng birinçi uçraşuvni institutimiz yoşlari bilan ötkazişga söz berdi.
Söngra Altiyev A.S. “Korrupsiyaga qarşi kuraş” töğrisida quyidagi ma'lumotlarni berib ötdi. Korrupsiya hozirgi kunning dolzarb masalalardan biridir. Özbekistonning xalqaro hujjatlarga qöşilganligi, majburiyatlar olganligi juda katta samara berayotganligi, yoşlarga rahnamolik qiliş borasida söz yuritdi.
Özingizga yaxşi ma'lum, bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali muammoning yeçimiga katta e'tibor berilmoqda. Bu borada institut saytida oçilgan maxsus havola hamda telegram ijtimoiy tarmoğidagi “STOPKORRUPTSUYA” platformasi muntazam işlab turibdi. Talabalar korrupsiya holatlariga doir xatti-harakatlarni sezgudek bölsa uşbu kanal va havolaga bemalol ma'lumot qoldirişi mumkin.
Şuningdek, institutda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça ta'lim berişga mas'ul professor-öqituvçilarning malakasini va kasbiy tayyorgarligini oşiriş böyiça Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura huzuridagi malaka oşiriş kurslaridagi 8 soatlik öquv kurslarida muntazam iştirok etib kelmoqdalar.
Bugungi tadbir ham oliy ta'lim sohasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan qadamlardan biri desak töğri böladi.
TIQXMMI matbuot xizmati










