Aprel oyining birinchi haftasida «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2020–2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi.

Norma’ning yozishicha, dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
- I bosqich – 2020-2021 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- II bosqich – 2022-2023 yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;
- III bosqich – 2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.
Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
- aholi, avvalo, yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo‘llab-quvvatlash;
- milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;
- kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish, yangi nashr etilgan kitoblarni yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini takomillashtirish;
- kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga moslashtirish, infratuzilmani yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop etiladigan bosma nashrlar va ularning elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish, elektron kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish va elektron kataloglarni tuzish hamda tizimli ravishda yangilab borish;
- aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish;
- xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga olib kelish va tarqatish tizimini hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
Qabul qilingan hujjatda har yili aprel oyining birinchi haftasida «Kitobxonlik haftaligi»ni o‘tkazish hamda Dasturni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo‘yicha quyidagilar nazarda tutilgan «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash belgilangan:
nashriyotlar tomonidan yozuvchilarga ajratiladigan gonorar masalasini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
rassom, dizayner va badiiy muharrirlarga mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish;
kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, «Eng yaxshi kitobxon hudud», «Eng yaxshi kitobxon mahalla», «Eng yaxshi kitobxon ta'lim muassasasi» reytingini joriy etish va boshqalar.
Hujjat 14.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Sinovlar sabab hayot qadriga yetdim” – jigar sirrozidan tuzalgan so‘xlik hikoyasi
Jamiyat | 18:03
-
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi
Jamiyat | 17:53
-
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi
Jahon | 17:51
-
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters
Jahon | 17:47
Mavzuga oid

18:19 / 13.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

10:38 / 29.09.2024
«Barcha erishganlarimiz kitob ortidan» – kitob o‘qib Spark yutgan yosh oila

14:44 / 20.06.2024
Bolalar adabiyoti – muammo nimada?

17:35 / 27.04.2024