Davlat statistika qömitasi 2020 yilgi Özbekiston Respublikasining demografik holati böyiça dastlabki ma'lumotlarni e'lon qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Statqöm ma'lumotiga köra, Özbekistonning doimiy aholisi soni 2021 yil 1 yanvar holatiga köra, 34 million 558,9 ming kişini taşkil etadi. Jumladan, şahar aholisi soni 17 million 487,5 ming kişini (jami aholi sonidagi uluşi 50,6 foiz), qişloq aholisi soni 17 million 71,4 ming kişi (49,4 foiz)ni taşkil etdi.

Ta'kidlanişiça, 2020 yilda 841,8 mingta bola tuğilganligi qayd etilgan bölib, mos ravişda 1000 aholiga nisbatan tuğiliş koeffitsiyenti 24,6 promilleni taşkil etdi hamda 2019  yilga nisbatan 0,3 promillega oşganligi kuzatildi (2019  yilda 24,3 promilleni taşkil etgan).

Ma'lumot uçun, tirik tuğilganlik mezonlaridan (nafas, yurak uriş, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyor qisqarişi) biri mavjud bölsa, bola tirik tuğilgan hisoblanadi. Bunda onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning böyi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq bölişi lozim.

Respublika hududlari kesimida tahlillar şuni körsatmoqdaki, 2021 yil 1 yanvar holatiga köra, hududlarning respublika jami aholisi sonidagi uluşi böyiça eng köp körsatkiç Samarqand viloyatida 11,4 foizni, keyingi örinlarda Farğona viloyati 11,1 foizni, Qaşqadaryo viloyati 9,7 foizni va Andijon viloyati 9,2 foizni taşkil etgan.

Joriy yil boşiga köra, respublika doimiy aholisi sonining 31,0 foizi mehnatga layoqatli yoşdan kiçiklar, 58,2 foizi mehnatga layoqatli yoşdagilar va 10,8 foizi mehnatga layoqatli yoşdan kattalar hissasiga töğri kelmoqda.

Hisobotda 2020 yilda 175,6 mingta ölim qayd etilgani ma'lum qilindi. Unga köra 2020 yilda 21 ming «ortiqça ölim» qayd etilgan - 2019 yilda ölim holatlari soni 154,6 mingtani taşkil etgan. Şunda, har 1000 aholiga ölim koeffitsiyenti 5,1 promilleni taşkil etgan hamda 2019 yilga nisbatan 0,5 promillega oşganligi kuzatildi (2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 4,6 promille bölgan).

 

Ta'kidlanişiça, 2020 yilda qayd etilgan ölim holatining 60,0 foizi – qon aylaniş tizimi kasalliklaridan, 8 foizi – ösimtalardan, 7,2 foizi – nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi – ovqat hazm qiliş a'zolari kasalliklaridan, 4,4 foizi – baxsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan, 4,4 foizi – yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,6 foizi – boşqa kasalliklardan vafot etgan.