Davlat statistika qömitasi raisi Bahodir Begalovning «Yangi Özbekiston» gazetasida çop etilgan maqolasida ma'lum qilinişiça, mamlakatimiz mazkur tadbirda birinçi marta qatnaşmoqda.

Dastur doirasida Afrika, Osiyo, Mustaqil davlat hamdöstligi, Yevropa, Amerika va Ğarbiy Osiyo mamlakatlari 6 ta guruhga bölinadi. Özbekiston  MDH davlatlari guruhiga kiritilgan bölib, respublikaning XTD global dasturidagi iştiroki böyiça tadbirlar MDH Statistika qömitasi bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.

«Davlat statistika qömitasi tomonidan har çorakda 2 ming 211 turdagi tovarlar va xizmatlar, şu jumladan, 1 ming 39 turdagi oziq-­ovqat mahsulotlari va 462 turdagi xizmatlar narxlarini örganiş yuzasidan kuzatuvlar ötkaziladi.

Töplangan narx ma'lumotlari MDH Statistika qömitasiga xarid qiliş qobiliyati paritetini hisoblaş uçun taqdim etib boriladi. Umuman olganda, sönggi uç yil davomida amalga oşirib kelinayotgan tayyorgarlik işlari Davlat statistika qömitasi mutaxassislari uçun muhim amaliy tajriba orttiriş imkonini berdi. Bu esa, öz navbatida, mamlakatimizning «Xalqaro taqqoslaş dasturi – 2021» global tadbirida munosib iştirok etişi uçun zamin yaratadi.

Xalqaro taqqoslaş natijalaridan mamlakatlarning umumiy iqtisodiy rivojlaniş darajasini va xalqlarning turmuş farovonligini baholaş, milliy iqtisodiyot samaradorligi va salohiyatini aniqlaş hamda taqqoslaş, mamlakatlarning moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qiliş, ularga xalqaro yordam beriş böyiça qarorlar qabul qiliş kabi işlarda qöl keladi», – deyiladi maqolada.

Ma'lumot uçun, «Xalqaro taqqoslaş dasturi» — dunyoning deyarli barça davlatlari statistika idoralari iştirok etadigan xalqaro statistik dastur bölib, uning doirasida valutalar xarid qobiliyati pariteti, YaIM va uning tarkibiy qismlarini xalqaro darajada va mamlakatlararo taqqoslaş işlari amalga oşiriladi.

Dasturda közda tutilgan işlarni töliq hajmda bajariş uçun odatda 3 yil vaqt talab etiladi va u «taqqoslaşlar sikli» deb ataladi.

Özbekistonning mazkur tadbirdagi iştiroki uçun tayyorgarliklar Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi qaroriga muvofiq boşlangan. 2017-­2019 yillar davomida respublika «XTD — 2017» bosqiçida eksperimental tartibda qatnaşgan.