Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy S21 smartfonlarining yangi flagmani qatori bilan birga, simsiz quloqchinlar – Buds Pro va yangi SmartTag mahsulotini taqdim etdi, shuningdek yangi flagman uchun oldindan buyurtma qilish va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyati haqida e'lon qildi!

Galaxy S21 seriyasi

Samsung Galaxy S21, S21+ va S21 Ultra mavjud chegaralarni kengaytiruvchi innovatsion mobil qurilmalar! Ushbu yangi mahsulotlar: professional darajadagi kamera tizimi, maksimal yorqinlikka ega bo‘lgan aqlli displey, shuningdek kuchli va nihoyatda tezkor bo‘lgan protsessor kabi yagona yechimlarni izlayotganlar uchun samarali tanlov bo‘lib xizmat qiladi.

Dizayn. Galaxy S21 seriyasi original va yorqin dizaynga ega bo‘lib, uni boshqa qurilmalardan ajratib turadi. Metall qobiqga organik ravishda uyg‘un joylashgan zamonaviy va original yechim Contour Cut Camera o‘zining nafis qiyofasi bilan e'tiborni jalb etadi.

Displey. Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlar, o‘zining beqiyos «aqlli» displeyi bilan maqtovga sazovor (Galaxy S21 diagonali 6,2 dyum, Galaxy S21+ esa 6,7 dyum va Galaxy S21 Ultra 6,8 dyumga ega) Dynamic AMOLED 2X yangilanish tezligi 120 Gs tengligi tufayli hayratlanarli darajadagi aniq va ravshan tasvirlardan bahramand bo‘lish imkonini taqdim etadi. Shu bilan birga, intellektual ekran avtomatik ravishda chastotani qurilmaning quvvati uzoq xizmat qilishi uchun kontentga qarab moslashtiradi.

Kamera. Seriyaning asosiy afzalliklaridan biri bu takomillashtirilgan foto va video imkoniyatlaridir. Galaxy S21 Ultra to‘rtta asosiy kameralar (yuqori darajadagi keng burchakli, keng burchakli va ikkitalik teleobektivli) mavjud bo‘lib, yangi 108 megapiksellik professional sensor 12 bitli ranglarga boy HDR-fotosuratlarni yaratib beradi. Bundan tashqari, Galaxy smartfonida ilk marotaba ham asosiy obektivlardan, ham old kameradan foydalangan holda soniyasiga 4K format tezlikdagi 60 ta kadr suratlarni olish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Galaxy S21 Ultra'dagi tasvirni zumlash davrida uning sifatini yo‘qotishdan endi havotirlanishga hojat yo‘q: ikki optik teleobektivlarga ega bo‘lgan (3 karra va 10 karra) Space Zoom, uzoq masofalardagi tasvirlarni ham aniq ko‘rish imkonini taqdim etadi.