26-avgust kuni tongda boşlangan ofat Tibetdagi Lxasa va Nepal poytaxti Katmanduni boğlovçi, sayyohlar va ziyoratçilar gavjum bölgan toğli hududni yuvib ketdi. Politsiya omon qolganlarni qidiriş va uzilib qolgan minglab odamlarga favqulodda yordam yuklarini taşlaş uçun vertolyotlardan foydalanmoqda.

2026-08-27 10.31.47
Foto: AP

Bundan taşqari, qurbonlar soni 165 kişidan ham oşişi kutilmoqda. «Bu raqam oşadi, çunki biz qidiruv işlarini qayta tikladik va yana köplab jasadlar topilişi kutilmoqda», deya politsiya matbuot kotibi Abi Narayanning sözlarini keltirmoqda Reuters.

Politsiya va turizm rasmiylarining taʼkidlaşiça, Nepalda bedarak yöqolgan 826 kişining qariyb 600 nafari xorijliklardir. Bedarak yöqolgan sayyohlarning 177 nafari Hindistondan, 63 nafari AQŞdan, 34 nafari Avstraliyadan, 33 nafari Britaniyadan va 25 nafari Kanadadan ekani aytilmoqda. Şuningdek, bedarak yöqolganlar orasida Malayziya, Ukraina va Rossiya fuqarolari ham bor.

2026-08-27 10.31.26

Xitoy davlat OAVlarining xabar berişiça, Tibetning Jiron okrugida yana 558 kişi bedarak yöqolgan, ularning 260 nafari çet el fuqarolari ekani aytilmoqda.

Tasdiqlangan videolarda Jiron çegara punkti atrofida önlab odamlarni ulkan suv va vayronalar oqimi oqizib ketayotgani, oqimning quyi qismidagi Nepalda esa uylar, yöllar va energetika inşootlari yuvib ketilgani aks etgan.

Nepalning favqulodda vaziyatlarni boşqariş böyiça rasmiylari Planet Labs sunʼiy yöldoş tasvirlarini dastlabki örganişlari natijasini eʼlon qildi. Unga köra, muz va toş köçkisi Nepal-Xitoyning Rasuvagadi çegara punktidan 20 km şimoli-şarqda joylaşgan Lende daryosiga vayronalarni olib kelgan toşqinni yuzaga keltirgan.