Umuman, 28–31-avgust kunlari respublika hududining katta qismida issiq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 33–38 daraja, janubda ayrim joylarda 39–40 darajagacha koʻtariladi.
Shimoli-gʻarbiy hududlarga esa avgustning soʻnggi kunlarida salqin havo massalari kirib kela boshlaydi. 31-avgustga kelib bu yerlarda kunduzgi harorat 25–30 darajagacha pasayadi.
Qoraqalpogʻistonning shimolida 28–29-avgust kunlari qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublika boʻyicha ayrim joylarda shamol 13–18 m/s, baʼzi hududlarda 20–22 m/s gacha kuchayib, chang-toʻzonlar kuzatilishi ehtimoli bor.
Toshkentda 28–30-avgust kunlari havo harorati 35–38 daraja, 31-avgustda 34–36 daraja boʻladi. 1-sentabrda esa kunduzi 30–32 darajagacha pasayadi. Kechasi asosan 20–22 daraja, 1-sentabrda 16–18 daraja boʻlishi prognoz qilingan.





