Microsoft asosçisi Bill Geyts sunʼiy intellekt tokenlari va robotlarga maxsus soliq joriy etiş taklifi bilan çiqdi. Milliarder özining şaxsiy blogida eʼlon qilgan yangi maqolasida uşbu taşabbusni ilgari surib, texnologiyalarning keskin rivojlanişi mehnat bozorida jiddiy inqirozlarni keltirib çiqarişi mumkinligidan ogohlantirdi.

Hozirda iş beruvçi xodim yollasa, uning maoşidan daromad va ijtimoiy soliqlar tölaydi. Agar kompaniya robot yoki SI tizimini sotib olsa, buni biznes xarajati sifatida soliqdan çegirib taşlaşi mumkin. Bu tizim kompaniyalarni odamlar örniga maşinalardan foydalanişga undayapti

Avtomatlaştiriş tufayli kelgusi ön yillikda mijozlarni qöllab-quvvatlaş, dasturlaş va yuridik yordamçi kabi köplab sohalarda inson mehnatiga ehtiyoj qolmasligi mumkin. Odamlar işini yöqotsa, davlatga tölanadigan daromad soliqlari hajmi kamayadi. Şu bilan birga, işsizlarni qayta öqitiş va ijtimoiy nafaqalar uçun xarajatlar keskin oşadi.

Bill Geytsning taʼkidlaşiça, robot va SI soliğidan yiğilgan mablağlar quyidagi maqsadlarga yönaltirilişi zarur:

  • Işidan ayrilgan insonlarni yangi kasblarga qayta öqitiş;

  • Jamiyatda ijtimoiy himoya tizimi va xavfsizlik tarmoqlarini kuçaytiriş;

  • Tibbiyot va taʼlim kabi SI xizmatlarini arzonlaştirişga qaratilgan sof foydali loyihalarni qöllab-quvvatlaş.

Geyts, soliq solişdan taşqari, ayrim sohalarni qonuniy ravişda faqat insonlar mehnati uçun saqlab qolişni taklif qildi. Uning fikriça, bolalar parvarişi, keksalar va bemorlarni parvariş qiliş, taʼlim hamda ruhiy salomatlik kabi insoniy hamdardlik va muloqot talab etiladigan kasblarda robotlar odamlarning örnini bosmasligi kerak.