Jumladan, AQSH prezidenti Donald Tramp Oʻzbekiston rahbari va xalqini bayram bilan tabrikladi.
«Amerika xalqi nomidan Sizga va Oʻzbekiston xalqiga mamlakatingiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan samimiy tilaklarimni yoʻllayman. Ushbu shonli sana Oʻzbekistonning boy tarixi va yuksak madaniyatini yana bir bor yodga olish uchun muhim va ayni muddao boʻlgan fursatdir.
Oʻzbekiston muhim va manzilli islohotlarni amalga oshirayotgani sari strategik sherikligimiz ham izchil ravishda kengayib, rivojlanib bormoqda. Oʻtgan yil davomida biz umumiy manfaatlarimizni ilgari surish, jumladan, chegaralarimiz xavfsizligini taʼminlash, ikki tomonlama savdo va investitsiyalarni oshirish, energetika sohasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda mintaqaviy bogʻliqlikni kengaytirish yoʻlida salmoqli ishlarni amalga oshirdik.
Qoʻshma Shtatlar hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini oʻrganar ekan, ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada mustahkamlashdan umidvordir. Mustaqillik bayramini nishonlar ekansiz, Sizga va Oʻzbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarimni bildiraman», deyiladi Oq uy rahbarining tabrik maktubida.
Xitoy rahbari Si Jinping ham Oʻzbekiston rahbari va xalqini bayram bilan tabrikladi.
«Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sizga va doʻst Oʻzbekiston xalqiga samimiy tabriklarim hamda eng ezgu tilaklarimni izhor etmoqchiman!
Oʻtgan 35 yil davomida, ayniqsa, soʻnggi oʻn yilda Sizning rahbarligingizda Oʻzbekiston oʻz taraqqiyotida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Yangi davrdagi doʻst qoʻshni va har qanday sharoitdagi har tomonlama strategik sherik sifatida Xitoy tomoni bundan samimiy mamnun.
Oʻtgan yili biz Siz bilan ikki bor uchrashib, Xitoy – Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishning yangi rejalarini belgilab oldik. Davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarga alohida eʼtibor qarataman va ikki mamlakat xalqlari farovonligi yoʻlida Xitoy – Oʻzbekiston umumiy taqdir hamjamiyatini barpo etishni ilgari surish borasida Siz bilan birgalikda saʼy-harakat qilishga tayyorman.
Mamlakatingizga ravnaq va farovonlik, Oʻzbekiston xalqiga esa baxt-saodat, tinchlik va osoyishtalik tilayman!», deyiladi Si Jinping maktubida.
Shuningdek,



