Eron taslim bölmadi, Hörmuz böğozida kemalar qatnovida hamon jiddiy uzilişlar bor. Tramp bir vaqtlar tört haftada yakunlanişini başorat qilgan uşbu mojaroni tugatişning aniq yöli esa yöq.

Keyingi harbiy zarbalar Eronni yon berişga majbur qila olmasligini tan olgan AQŞ Tehron hokimiyatini zaiflaştiriş umidida iqtisodiy bosim kampaniyasiga qaytmoqda. Davlat kotibi Marko Rubio ittifoqçilarga AQŞ «hozirça» yangi hujumlar uyuştirişi dargumon ekanligini aytdi. Keyin nima bölişi noaniq. Biroq uruşning ehtimoliy uzoq muddatli köplab oqibatlari - Qöşma Ştatlar, Eron va jahon iqtisodiyoti uçun allaqaçon namoyon bölmoqda.

Reuters naşri yarim yillik uruşning oltita oqibatini jamladi.

  1. Tramp siyosiy tovon tölayapti

Uruş boşidanoq ommabop emas edi va borib-borib yanada noxuş tus oldi. «Reuters/Ipsos» sörovnomasiga köra, mojaro boşlanganidan beri Trampning reytingi 40 foizdan 33 foizga tuşib ketgan. Çunki yoqilği narxining oşişi – u saylovoldi kampaniyasida amerikaliklar uçun xarajatlarni kamaytiriş haqida bergan vaʼdani yöqqa çiqardi.

Bundan taşqari, Tramp amerikalik askarlarni xorijdagi uruşlarga jalb qilmaslik, mavjud uruşlarni tugatiş vaʼdasi bilan saylovoldi taşviqotini olib borgandi. Lekin, Netanyahuning gapiga kirgan Tramp Eronning raketalar köpaytirişi va yadroviy ambitsiyalari çora körişni talab qilganini taʼkidlab, uruş boşladi. Biroq u köpçilik saylovçilarni bunga işontira olmadi.

Snimok ekrana - 2026-08-29 v 08.57.21
Foto: Reuters

Sörovnomaga köra, mamlakatning bor-yöği 31 foizi mojaroni qöllab-quvvatlaydi. Bu AQŞning Afğonistondagi uruşiga nisbatan ham pastroq körsatkiç.

Saylovçilarning yuqori narxlardan ğazablanişi noyabr oyidagi oraliq saylovlar oldidan Trampning Respublikaçilar partiyasi uçun ham muammo tuğdiradi. Uşbu saylovlarda ular Kongressning ikkala palatasidagi kiçik ustunligini saqlab qolişi kerak. Uşbu mojaro, şuningdek, tezroq yakunlanişini körişni istaydigan yakkalaniş (izolyatsiya) tarafdori bölgan respublikaçilar va Tramp Tehronga harbiy bosimni davom ettirişi kerak deb hisoblaydigan respublikaçi qonunçilar örtasidagi ziddiyatni yanada çuqurlaştirdi.