Tadbirda Jamiyat tizimidagi “Gidroproyekt” AJ hamda boşqa taşkilotlarning mas’ul rahbarlari, “Turonbank” ATB mutasaddilari, şuningdek, 20 nafarga yaqin tadbirkorlar iştirok etdi.

Muloqot avvalida Prezidentimiz taşabbusi hamda qöllab-quvvatlovi ostida “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar, istiqbolli loyihalar, kiçik va mikro GESlar qurilişi, mahalliy işlab çiqariş salohiyati hamda tadbirkorlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil taqdimot ötkazildi. Jumladan, tadbirkorlarga kiçik va mikro GESlar uçun maqbul hudud va lokatsiyalarni aniqlaş, loyihalaştiriş, texnik yeçim va zarur gidroagregat, turbina, generator hamda boşqa uskunalarni tanlaş, yetkazib beriş, quriliş-montaj işlarini taşkil etiş va ob’yektlarni işga tuşirişga qadar bölgan jarayonlar böyiça batafsil amaliy tuşuntirişlar berildi.

Oçiq muloqot davomida tadbirkorlar öz loyihalarini amalga oşiriş jarayonida duç kelayotgan masalalar yuzasidan soha mutasaddilari bilan bevosita zaruriy axborot almaşdilar.

Mutaxassislar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş, texnik talablar, uskunalarni tanlaş va yetkazib beriş, quriliş-montaj işlari, ob’yektlarni işga tuşiriş, şuningdek, loyihalarni moliyalaştiriş masalalari yuzasidan savollarga aniq va amaliy javoblar berildi. Şuningdek, “Turonbank” mutasaddilari tomonidan imtiyozli kreditlardan foydalaniş imkoniyatlari, moliyalaştiriş şartlari va zarur tartib-taomillar böyiça tuşuntirişlar berildi.

Jamiyat xususiy sektor vakillarining taşabbuslarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, loyihalarni noldan boşlab, ularni töliq işga tuşirişga qadar bölgan barça bosqiçlarda zarur taşkiliy, texnik va amaliy kömakni körsatiş böyiça qat’iy pozitsiyasini bildirdi. Bunda tadbirkorlarning har bir taşabbusini qöllab-quvvatlaş, yuzaga kelayotgan masalalarni joyida örganiş va ularga amaliy yeçim topişga alohida e’tibor qaratilişi ta’kidlandi.

Tadbirda milliy sanoatni rivojlantiriş va mahalliylaştiriş yönalişida faoliyat olib borayotgan “UzHydroPower” zavodining imkoniyatlari ham alohida ta’kidlandi. Xitoyning “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan mazkur qöşma korxona quvvati 1 kVtdan 40 MVtgaça bölgan zamonaviy gidroagregatlar, turbinalar, generatorlar, suv nasos agregatlari hamda suv omborlari uçun metall konstruksiyalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Zavodning mavjud işlab çiqariş salohiyati kiçik va mikro GES loyihalarini amalga oşirişda mahalliylaştirilgan, zamonaviy va raqobatbardoş uskunalar bilan ta’minlaş imkoniyatlarini kengaytiradi.