Amerikaning General Motors kompaniyasi yarimötkazgiçlar yetişmovçiligi sababli AQŞdagi uçta zavodi işini töxtatadi va Janubiy Koreyadagi zavodi faoliyatini ikki baravarga sekinlaştiradi.
Xabar qilinişiça, Kanzas, Ontario va San-Luis Potosidagi zavodlar kelasi haftada faoliyatini töxtatadi.
"Jahon avtomobil sanoati uçun yarimötkazgiçlar yetkazib beriş hajmi juda özgaruvçan bölib qolmoqda. Hozirda umumiy oqibatlarni baholamoqdamiz, ammo e'tiborimiz eng talabgir mahsulotlarimizni işlab çiqarişni saqlab qolişga qaratilgan", deyiladi kompaniya xabarida.
GM yanvar oyida yarimötkazgiçlar yetişmovçiligi oqibatlarini his qilayotganini bildirgandi. Mikrosxemalar avtomobillarning turli unsurlarini işlab çiqarişda qöllaniladi va elektromobillar işlab çiqarilişi kengayişi natijasida ularga bölgan talab oşmoqda.
Kompaniya elektromobillar işlab çiqarişga 27 mlrd dollar investitsiya kiritişi va 2025 yilda 1 mln dona elektromobil sotişni rejalaştirganini ma'lum qilgan. GM şuningdek, 2035 yilga kelib benzin va dizelda yuradigan avtomobillar sotişni töxtatişini e'lon qilgan.












