Içki va ziyorat turizmini rivojlantirişga oid prezident farmoni e'lon qilindi.
Farmonga köra, bir oy muddatda quyidagi yönalişlarda aviareyslar yölga qöyiladi:
- «Farğona – Urganç – Farğona»
- «Termiz – Urganç – Termiz»
Şuningdek, bir oy içida «Andijon – Xiva – Andijon» temir yöl qatnovi soni oşiriladi.
2021 yil 1 aprelga qadar quyidagi yönalişlarda doimiy temir yöl qatnovlari yölga qöyiladi:
- «Termiz – Qarşi – Xiva»
- «Xiva – Urganç – Nukus»
- «Termiz – Qarşi – Samarqand»
Ikki hafta muddatda Özbekiston böylab sayohat qiliş uçun xarajatlarning bir qismini qaytariş tartibi işlab çiqiladi.
Turoperatorlar bilan birgalikda subsidiyalaş mexanizmini qöllagan holda boşqa avia va temir yöl qatnovlarini yölga qöyiş böyiça hukumatga takliflar kiritib boriladi.












