Özbekiston hukumati 2027-2028 yillarda 4 ta yirik korxona va 1 ta bank aksiyalarini IPÖga çiqarişni rejalaştirmoqda.
Röyxatga Uzbekistan Airways, “Özbekiston Milliy elektr tarmoqlari”, “Özbekgidroenergo”, “Özbektelekom” va Özsanoatqurilişbank kiritilgan.
“Hozirda ularni transformatsiya qiliş va xalqaro kapital bozorlariga tayyorlaş işlari olib borilmoqda”, – deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 5-noyabr kungi xabarida.
Boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov 15-iyun kuni davlat rahbariga qilgan taqdimotida bu beşta kompaniyani IPÖga tayyorlaş böyiça işlar 2026-yilda yakunlanişi maqsad qilinganini aytgandi. Yiğilişda UzAirways aksiyalarining 15-20 foizini 2026-yil oxirigaça IPO orqali sotiş rejalaştirilayotgani aytilgandi.
Mazkur 5 ta kompaniya – Milliy investitsiya jamğarmasi portfeliga kiradi. Joriy yilda jamğarma aksiyalarining 35,45 foiz aksiyalari London va Toşkent fond birjalarida IPO orqali joylaştirilib, davlat byudjetiga 692 mln dollar tuşirildi. Jamğarmani AQŞning Franklin Templeton kompaniyasi boşqarmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining 5-noyabr kuni maʼlum qilişiça, xalqaro investorlar bilan hamkorlik doirasida 14-oktabr kuni Toşkentda ötkazilgan Investors Day tadbirida 250 nafardan ortiq xorijiy investor iştirok etgan, ularning umumiy investitsiya portfellari qiymati 2,5 trln dollardan oşgan.
16-oktabr kuni esa Corporate Governance Day 2026 tadbiri taşkil etilib, unda korporativ boşqaruvni takomillaştirişning quyidagi 6 ta ustuvor yönalişi muhokama qilingan:
MHXS asosida sifatli moliyaviy hisobot;
korporativ taqvimga rioya qiliş;












