Amsterdam birjasi ötgan oy davomida London birjasini Yevropa bozorlarining asosiy savdo markazi maqomidan mahrum qilgan.
Euronext Amsterdam va CBOE Europe Turkuoise birjalarining kunlik savdolari keskin ösib, kunlik savdo hajmini 9,2 milliard yevroga yetkazgan. Bu birjaning dekabr oyidagi savdolaridan 4 barobar köp. Öz navbatida, ötgan oyda London birjasida savdo hajmi 8,6 milliard yevroga pasaygan. Natijada, Amsterdam birjasi Londonni Yevropaning savdo markazi maqomidan mahrum qilgan.

Bu özgarişlarga asosiy sabab sifatida Yevropa Ittifoqi moliya institutlarining London birjasida savdo qilişga qöygan taqiqlari keltirilgan. Natijada, London banklari va brokerlari şuğullanadigan işlarning 50 foizini yöqotgan.
Bunga javoban, London birjasi hozirda Evropa Ittifoqi birjalarida taqiqlangan Nestle va Roche singari Şveytsariya kompaniyalari aksiyalarining savdosiga qöyilgan taqiqni bekor qildi.
Köpçilik tahlilçilar Yevropa Ittifoqi birja savdolari yana Londonga qaytişini prognoz qilişmoqda. Bu masalada joriy yilning mart oyida muzokaralar ötkazilişi kutilyapti.
Şuningdek, ötgan oy davomida Parij va Dublin birjalarida ham kiçik ösiş kuzatilgan.
Ma'lumot uçun, moliyaviy xizmatlar 2020 yilda Buyuk Britaniya ğaznasiga 76 milliard funt sterling soliq tuşumlarini olib kelgan.
Avvalroq, Yevropa ittifoqi va Britaniya uzoq davom etgan muzokaralardan keyin Brexitʼdan keyingi munosabatlar böyiça kelişuvga erişgani ma'lum qilingandi.










