Hongkong birjasi Osiyo va Yevropaning ikki moliyaviy markazini birlaştiriş uçun London birjasini sotib olmoqçi.
Hongkong fond birjasi (HKEX) operatori London fond birjasi (LSEG) rahbariyatiga 36,6 mlrd dollarga birlaşişni taklif qildi.
“Fikrimizça, HKEX va LSEG ittifoqi Osiyo va Yevropaning eng yirik va ahamiyatli moliyaviy markazlarini birlaştiruvçi global infratuzilmaviy guruhni yaratiş uçun ulkan imkoniyatni bildiradi”, deb aytgan Hongkong birjasi boşqaruv raisi Lora Ça.
“Biz Şarq va Ğarbni birlaştiramiz, turfa xilroq bölamiz va mijozlarimizga innovatsiyalar, savdoda xatarlar va imkoniyatlarni boşqariş borasida köproğini taklif qila olamiz”, deb qöşimça qilgan HKEX ijroçi direktori Çarlz Li.
2012 yilda Hongkong birjasi London metallar birjasini 2,1 mlrd dollarga sotib olgan.












