Mazkur fanlardan test sinovlarini aprel oyining birinçi ön kunligida ötkaziş rejalaştirilgan. Keyingi bosqiç uçun kimyo va biologiya fanlari böyiça talabgorlarni röyxatga oliş 2021 yil 3 mart kunidan boşlanadi.
Talabgor test sinovida qatnaşiş uçun Davlat test markazi rasmiy veb-saytida röyxatdan ötişi lozim böladi. Bunda test sinovida iştirok etiş uçun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari miqdorida tölov undiriladi.
Tölov talabgor tomonidan amaldagi elektron tölov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boşlab uç kun mobaynida amalga oşiriladi. Tölov töğrisidagi ma'lumotni talabgor özining şaxsiy kabineti orqali biladi. Agar ariza beruvçi turli sabablarga köra test sinovlarida iştirok eta olmaydigan bölsa, Davlat test markaziga test sinovlari ötkaziladigan kundan kamida uç kun oldin yozma va elektron şaklda murojaat etişi lozim. Uzrli sababga köra (kasalligi yoki oila a'zolarining vafot etganligini tasdiqlovçi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnaşa olmagan talabgor test sinovi boşlangan kundan boşlab beş iş kuni mobaynida uşbu holatni tasdiqlovçi hujjatlarni Davlat test markaziga bevosita yoki elektron tarzda taqdim etişi lozim. Bunda talabgorning arizasiga muvofiq navbatdagi test sinovlariga kiritilişi ta'minlanadi yoki tölangan tölov töliq miqdorda talabgorga qaytariladi.
Talabgor test sinoviga keçikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan talabgor tomonidan amalga oşirilgan tölovning 50 foizi qaytariladi.
«Test sinovi ötkazilişi jarayonida talabgor bir vaqtda faqat bitta umumta'lim fanidan test topşirişiga ruxsat etiladi. Sertifikat test sinovi natijasi böyiça eng yuqori ballning kamida 60 foizini töplagan şaxslarga 3 yil muddatga beriladi. Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boşlab yigirma iş kunidan keçikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. Test natijalaridan norozi bölgan talabgor test sinovi natijalari e'lon qilingan kundan boşlab beş iş kuni mobaynida Davlat test markaziga yozma yoki elektron şaklda apellyatsiya beriş huquqiga ega», deya ma'lum qildi DTM mutasaddisi.
Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erişgan talabgorga test sinovi natijalari e'lon qilingan kundan boşlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyruği asosida elektron şaklda beriladi. Talabgor sertifikatni şaxsiy kabineti orqali yuklab olişi mumkin. Sertifikatlar reyestri Davlat test markazi tomonidan yuritiladi.










