29 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi xorijda işlab çiqarilgan alohida tovarlar va xizmatlarning davlat xaridlaridagi iştirokini çeklaşni nazarda tutuvçi «Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş çora- tadbirlari töğrisida»gi qarorni tasdiqladi.

Hujjatda çeklangan tovarlar röyxatiga oziq-ovqat, elektrotexnika, kimyo sanoati, töqimaçilik, transport ehtiyot qismlari, plastmassa, qoğoz, keramika, şişa, metall buyumlar va boşqa turdagi mahsulotlarning 529 xili kiritilgan.

Mazkur taqiq iqtisodçilar tomonidan turliça talqin qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Doston Ğofurov uşbu röyxatdagi barça mahsulotlar özimizda işlab çiqarilişi importni töxtatiş uçun asos böla oladi, degan fikrda.

«Janubiy Koreya amaliyoti bilan yaqindan tanişman. Ular özlarida bölgan tovarlarni heç qaçon import qilmaydi. Xitoy ham şunday. Bizda ham vaqtinça emas, doimiy çeklovni qöyiş kerak deb öylayman. Qarordagi röyxatga asosan özimizda 100 foiz mavjud bölgan tovar mahsulotlari va xizmat turlari kiritilgan. Ularning köp qismi özimizda bölgani uçun budjet mablağlarini valuta körinişida çetga çiqib ketişining oldini olişga xizmat qiladi. Kutilayotgan natija ham şunda. Ya'ni özimizning pulimiz özimizning işlab çiqaruvçilarga, tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi», – deydi u Kun.uz  muxbiri bilan suhbatda.

Iqtisodçi olimning fikriça, rivojlangan mamlakatlarda davlat xaridlari milliy valutani boşqa valuta körinişida çetga çiqib ketişining oldini olişga xizmat qilişi kerak, deb hisoblaşadi. Import qilinayotgan tovar mahalliy tadbirkorlar tomonidan işlab çiqarilsa, xizmat turi ham bölsa-yu, xorij mahsulotini ma'qul körsak, ular pulni davlatdan olib çiqib ketadi.

«Davlat işonçli buyurtmaçi böliş bilan birga, işonçli mijozdir. Agar uning buyurtmasi bajarilsa, pulni aniq va töliq hajmda oliş davlat xaridlari töğrisidagi qonunda kafolatlangan. Buyurtma bajaruvçisi boşqa bir xaridorga yarmini olib qolganini keyin beriş kabi holatlarga duç kelmaydi», – deya qayd etdi u.

Mavzu yuzasidan bildirilgan boşqa fikrlarning asosiy qismi tanqidiy-tahliliy ruhda. Jumladan, moliyaçi mutaxassis Abdulla Abduqodirov bu qarordagi umumiy kamçilikka töxtalib, «keyingi yillarda yana ilgarigi 25 yilda özini oqlamagan iqtisodiy siyosatni –– raqobatbardoş bölmagan sohalarni proteksionizm orqali qöllaşga urinyapmiz», deya ta'kidladi.

Abduqodirovning aytişiça, «bu hujjat kimlargadir, qandaydir holatlarda işlaydi, qandaydir holatlarda esa – yöq».