«Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş çora tadbirlari töğrisida» hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, xorijda işlab çiqarilgan alohida tovarlar va xorijiy şaxslar tomonidan bajariladigan işlarning davlat xaridlaridagi iştirokini vaqtinçalik taqiqlaş tizimi joriy etiladi.

Mahalliy mahsulotlarga esa import tovarlari narxining 15 foizigaça bölgan miqdorda imtiyozlar qöllaniladi.

Davlat xaridlaridagi iştiroki vaqtinçalik taqiqlangan va çeklangan xorijiy tovarlar röyxatiga 529 turdagi mahsulot va xizmatlar kiritilgan. (Qaror loyihasida mahsulot va xizmatlar turlari soni 302 xil edi).

Tasdiqlangan röyxatga oziq-ovqat, elektrotexnika, kimyo sanoati, töqimaçilik, transport ehtiyot qismlari, plastmassa, qoğoz, keramika, şişa, metall buyumlar va boşqa turdagi mahsulotlar kiritilgan.

Davlat organlari va taşkilotlariga qaysi import-tovarlarni sotib oliş çeklanişini işçi organ (Iqtisodiyot vazirligining Elektron kooperatsiya portali markazi) hal qiladi. Bunda işçi organ mahalliy işlab çiqaruvçilarning murojaatlari va davlat taşkilotlarining takliflariga asoslanadi.

Röyxatda keltirilgan tovarlarni davlat xaridlari asosida import qiliş uçun davlat buyurtmaçisi işçi organga ariza bilan murojaat qilişi kerak.

Mahalliy işlab çiqaruvçilarga narx imtiyozlari tenderda (tanlovda) xorijiy yetkazib beruvçilar bilan birga 2 yoki undan ortiq mahalliy işlab çiqaruvçilarning takliflari olingan holatda qöllaniladi.

Qaror bilan quyidagi 2ta nizom tasdiqlandi:

  • Davlat xaridlaridagi iştiroki vaqtinçalik taqiqlangan va çegaralangan xorijda işlab çiqarilgan tovarlar (işlar, xizmatlar) röyxatini şakllantiriş tartibi töğrisidagi nizom;