Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirğiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Köksaroy qarorgohida oliy darajadagi Özbekiston-Qirğiziston sammitining asosiy tadbirlari boşlandi.

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib oliş marosimi böldi. Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovni samimiy qutladi.

Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari ötmoqda.

Uçraşuv çoğida Özbekiston bilan Qirğiziston örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.