Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov va Özbekiston yetakçisi Şavkat Mirziyoyev Toşkentda ötgan muzokaralardan söng şu haqda ma'lum qildi.

Özbekiston prezidenti matbuot xizmatiga köra, bugungi kunda Özbekistonda qirğiz millatiga mansub 300 mingga yaqin fuqaro yaşaydi. Ikki mamlakat rahbarlari xalqlar örtasidagi döstlikni mustahkamlaş maqsadida madaniyat va kino kunlari, yoşlar forumlari, festival va körgazmalar taşkil etişga kelişib olişgan.

Jurnalistlar bilan uçraşuvda dastlab Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev söz oldi.

«Biz ikki tomonlama munosabatlarning barça dolzarb masalalarini muhokama qildik. Ustuvor e'tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga qaratildi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş çoralarini körişga kelişib oldik. Şu maqsadda işbilarmonlar örtasidagi aloqalar faollaşişi uçun qulay şaroitlar yaratiladi, savdo, sanoat, qişloq xöjaligi, transport, infratuzilma sohalarida umumiy qiymati 900 million AQŞ dollaridan ziyod bölgan yangi loyihalar amalga oşiriladi. Ularning barçasi hozirgina qabul qilingan «yöl xaritasi»ga kiritildi. Investitsiya jamğarmasining taşkil etilişi bu loyihalarni amalga oşirişga xizmat qiladi.

Özbekiston – Qirğiziston şerikligida, şubhasiz, muhim örin tutadigan hududlararo hamkorlikni faollaştiriş masalalari ham muhokama qilindi. Biz çegaraoldi viloyatlar hokimlarining muntazam uçraşuvlarini ötkaziş, aniq loyiha va tadbirlarni amalga oşirişga kelişib oldik.

Işonçli va samarali transport yölaklari mamlakatlarimiz iqtisodiyotlari uçun ulkan ahamiyatga ega. Bu borada söz yuritganda, avvalo, «Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy» temir yöli hamda «Toşkent-Andijon-Öş-Irkeştom-Qaşğar» multimodal yölagini qayd etiş lozim. Biz uşbu yönalişlarni ilgari suriş böyiça özaro muvofiqlaşgan çoralar köriş töğrisida ahdlaşib oldik», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident Sadir Japarov ham muzokaralar natijalaridan mamnun ekanini qayd etdi.

«Özbekiston – Qirğizistonning asosiy savdo şeriklaridan biridir. Özaro hamkorlikning barça jihatlarini faollaştiriş maqsadida parlamentlararo va hukumatlararo komissiyalar majlislari, çegaraoldi viloyatlar hokimlarining uçraşuvlari yaqin vaqtlarda ötkaziş rejalaştirildi. Biznes vakillariga qulay muhit yaratiş, tovar ayirboşlaş hajmini oşirişga kelişib oldik», – dedi Qirğiziston prezidenti.