Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu falastinliklarga 23 martda qayta saylanadigan bölsa Tel-Avivdan Makka şahriga aviaqatnovlar taşkil etişni va'da qildi. U bu haqda Kanal 13 telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

«Qayta saylanadigan bölsam, Tel-Avivdan Makkaga töğridan töğri aviaqatnovlarni taşkil etaman», - dedi Netanyaxu.

Bundan taşqari, u boş vazirlikka qayta saylangan taqdirda Isroil va Saudiya Arabistoni örtasidagi munosabatlarni yaxşilaşiga ham işora qildi.

Netanyaxu 16 mart kuni Ynet telekanaliga bergan intervyusida Isroil yana tört mamlakat bilan munosabatlarni yaxşilaşi töğrisida aytgandi.