Özbekistonda 23 mart kuni koronavirusga çalingan bemorlardan biri vafot etdi va rasmiy statistikada qayd etilgan ölim holatlari soni 623taga yetdi.
SSV matbuot xizmati xabar berişiça, 23 mart kuni Özbekistonda yana 119 kişida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan va şu vaqtgaça kasallikka çalinganlar soni 81 ming 678 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida,
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 1 nafari Jizzax viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 1 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Farğona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 13 nafari Toşkent viloyatida,
- 93 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Keça kun davomida:
- Buxoro viloyatida 4 nafar,
- Xorazm viloyatida 4 nafar,
- Toşkent viloyatida 12 nafar,
- Toşkent şahrida 76 nafar bemor tuzalib, kasallikdan soğayganlar jami 80045 (+96) nafarga yetdi va soğayiş körsatkiçi 98 foizni taşkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1010 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 191 nafari oğir, 85 nafari esa öta oğir ahvolda.
Ma'lumot uçun, SSV matbuot xizmati ma'lumotlarida sönggi marta 10 fevralda ölim holati qayd etilgandi. Şifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni mingdan oşiq bölişi esa sönggi marta 6 yanvar kuni kuzatilgan.
Şuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi Toşkent şahar boşqarmasi boşliği Malika Qudratxöjayeva Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 36-sessiya iştirokçilariga qilgan ma'ruzasida 2021 yilning 5 mart kuni Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan ta'lim muassasasi tarbiyaçisi M. M.ning qaynotasi Zangiotadagi şifoxonaga koronavirus infeksiyasi taşxisi bilan yetkazilgani va 7 mart kuni vafot etgani haqida ma'lum qilgandi.














