Savollarni köpaytirgan bayonotlar

Farğona viloyatining Quva tumanida 20 yoşli Ahror Anvarov 31 mart kuni tibbiy niqob taqmasdan köçada yurgani uçun özi yaşaydigan mahalla tayanç punktida profilaktika inspektorlari tomonidan söroq qilinadi.

Muloqot silliq keçmagan, tomonlar tortişib qolgan, natijada fuqaroning kurtkasi yirtilgan. Şundan söng yigit uç nafar içki işlar xodimi tomonidan majburan maşinaga ötqizilib, mahalla profilaktika inspektorining xizmat xonasiga olib ketiladi.

Marhum Ahror Anvarovning kurtkasi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Ahror Anvarovning tuman IIB binosidan öligi çiqqani» haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz suriştiruvi davomida quvalik yigitning IIB binosida qazo qilgani öz tasdiğini topmadi. Profilaktik suhbat tuman içki işlar idorasida emas, balki mahalla huquq-tartibot maskanida bölib ötganini yuqorida ham keltirdik.

Marhumning amakivaççasi Lutfiyor Xalilov «uçastkavoy» xonasida bölib ötgan suhbatda xodimlar tuşuntiriş işlari bilan çeklanişgani, holat yuzasidan bayonnoma tuzilmagani, tomonlar kelişib öz uyiga tarqalganini aytmoqda.

Ahror Anvarovning uçastka inspektori Oybek Mahmudov tomonidan 31 mart kuni telefonga olingan fotosurati

Voqeadan ikki kun ötib, 2 aprel kuni Ahror Anvarov vafot etadi. Qarindoşining sözlariga köra, u sexidagi ustalarga ovqat olib borib bergaç, u yerdan piyoda qaytayotganda birdan salomatligi yomonlaşib, yiqilib tuşgan. Birinçi yordam körsatilayotgan vaqtda Ahrorning joni uzilgan.

Holat yuzasidan rasmiy bayonot bergan IIV matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov marhumga IIB binosida jarohat yetkazilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.