Toşkent şahar IIBB ma'lumotiga köra, 1 aprel kuni soat 21:00larda muqaddam tört marotaba sudlangan A.B. va yana ikki nafar fuqaro, muqaddam sudlanganlar, 1979 yilda tuğilgan D.L. va 1970 yilda tuğilgan A.L. bilan sörov olib boriş uçun Yunusobod tumani 3-sonli IIBga keltirilgan.

Qayd etilişiça, örtaça hisobda 45 daqiqa davom etgan sörovdan söng uçala şaxs qöyib yuborilgan. 2 aprel kuni ertalab soat 4:00-4:30larda 30-uyning oldida A.B.ning murdasi topilgan. Ölim sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. 

“Respublika ilmiy-amaliy sud-tibbiyot markazi hududiy filiali tomonidan berilgan birlamçi ma'lumotga köra, marhumning bir neça kasalliklari bölgan, xususan, yurak işemik kasalligi, gematogen sil, poliorgan yetişmovçiligi, ikki tomonlama öpka plevriti, boş miya va öpka şişi, surunkali gepatit, giyohvandlik, alkogoldan zaharlaniş”, deyiladi IIBB ma'lumotida.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. 

“Mas'ul taşkilotlarning rasmiy izohini olmasdan turib, oldindan xulosa çiqarmasligingizni söraymiz”, deyilgan mahkama xabarida.