Kun.uz muxbiri xabar berişiça, yiğilişda senatorlar tomonidan içki işlar tizimidagi tergov xonalarini videokuzatuv moslamalari bilan ta'minlangani masalasida vazirlikdan izoh söraldi.

Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boşliği örinbosari Oybek Qulbekovning aytişiça, ayni paytda Tergov departamenti hududiy tergov bölinmalarining suriştiruv va tergov xonalariga protsessual jarayonlarni videotasvirga oliş imkonini beruvçi 1309ta videokuzatuv moslamalari örnatilgan. 

«Bu moslamalardan amalda samarali foydalanilyapti. Qonunga asosan, video orqali qayd etiş majburiy bölgan 7ta tergov harakati belgilangan. Uşbu tergov jarayonlari hozir töliq video qayd etiş moslamalariga yozib borilmoqda. 2020 yil davomida 15 ming 836ta şunday majburiy tartibda videotasvirga olingan», – dedi Qulbekov. 

Vazirlik mulozimiga köra, ayni paytda majburiy tergov jarayonlaridan taşqari ham kundalik barça tergov jarayonlari videotasvirga yozib borilmoqda.

«Bu mahalliy işlab çiqaruvçilar tomonidan işlangan dasturga yozib olinib, fayl körinişida saqlanadi. Keyinçalik ulardan jinoyat işi doirasida foydalanamiz. Bundan taşqari, bizda vazir farmoyişi asosida tergovga qadar tekşiruv jarayonida ötkaziladigan sörovlarni videoga qayd etiş maqsadida 484ta video kuzatuv moslamalari bilan ta'minlangan söroq xonalari taşkil etilgan. Uşbu sörov xonalarida 2020 yil davomida 36 760ta tergovga qadar tekşiruv harakatlari yozib olinib, tegişli fayllarda saqlanmoqda», – dedi u.

Oybek Qulbekovning qöşimça qilişiça, taşkil qilingan bu jarayonlar tizimdagi xodimlar barça tergov jarayonlari videokuzatuv ostida ekanini anglab yetişiga xizmat qilyapti. Ular turli noqonuniy harakatlar: qiynoqqa soliş yoki boşqa ğayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvçi muomala va qilmişlarni sodir etişdan saqlanyapti.

Yiğiliş davomida Senat raisi Tanzila Norboyeva ham mavzu yuzasidan fikrlarini bildirdi. 

Unga köra, qiynoqqa soliş yoki boşqa noinsoniy xatti-harakatlar umuman kun tartibidan çiqib ketişi kerak. Çunki Özbekiston endilikda Inson huquqlari böyiça BMT kengaşining a'zosi hisoblanadi. 

«Demak, endi özimiz namuna bölişimiz kerak. Endi bu mavzuda na OAVda va na boşqa joyda misollar bölmasligi kerak. Bu kabi savollar beriş ham notöğri bölişi kerak», dedi T.Norboyeva.