Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinovning xabar berişiça, mazkur holat yuzasidan Andijon şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilib, şu kuni Andijon şahar IIO FMB 4-son IIB xodimlariga nisbatan JKning 206-moddasi 1-qismi va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Aniqlanişiça, IIB JQB tezkor vakillari iş yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaro A.A.ni IIB ma'muriy binosiga olib kelib, hayoti va soğligi uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, noqonuniy ravişda uşlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilişiga sababçi bölgan.

A.A. soğliği yomonlaşganligi sababli Andijon şahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan.

Jinoyat işi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida 01.06.2020 yilda 3 nafar içki işlar xodimiga nisbatan JKning 206, 234 va 235-moddalari bilan ayb e'lon qilinib, “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Jabrlanuvçi A.A.ga şifokorlar tomonidan barça tibbiy yordamlar körsatilgan bölişiga qaramasdan u 11.06.2020 yilda vafot etgan.

Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.