Andijon viloyatida bölgan voqea, butun içki işlar tizimi rahbariyatini, barça şaxsiy tarkibni nihoyatda taşvişga soldi. Bu haqda içki işlar vazirining örinbosari Rustam Hotamov içki işlar organlari faoliyatiga bağişlangan jamoatçilik muloqotida aytib ötdi.

Uning qayd etişiça, noma'qul, tizimga tasodifan kirib qolgan xodimlarni işdan böşatiş çoralari doimiy ravişda körib boriladi.

“Şuni ham ta'kidlaşni istardim: içki işlar xodimlari kundalik faoliyatida tez-tez stress, zöriqiş holatiga tuşib qoladi. Çunki ular jinoyatçilik holatlari bilan bevosita töqnaşadi. Şuning uçun psixologik ta'minot işlarini yanada kuçaytirişimiz kerak. Tizimda soğlom fikrlaydigan, halol, pok, vijdonli, vatanparvar xodimlarimiz köpçilikni taşkil etadi”, - deydi u.

Vazir örinbosarining ma'lum qilişiça, endilikda har bir tuman içki işlar organlarida alohida xona tayyorlanadi, u yerda har bir içki işlar xodimi bilan fuqarolar suhbatlari audio-video uskunalari orqali yozib boriladi. 

“Umuman, kaltaklaş, tazyiq ötkaziş holatlarining oldini olişning barça çoralarini köramiz”, - dedi R. Hotamov.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 iyun kuni Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafot etdi. 

Aniqlanişiça, IIB JQB tezkor vakillari iş yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaro A.A.ni IIB ma'muriy binosiga olib kelib, hayoti va soğligi uçun xavfli bölgan zörlik işlatib, noqonuniy ravişda uşlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilişiga sababçi bölgan.