Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi matbuot xizmati viloyatning Çiroqçi tumanida mol öğriligida gumon qilingan şaxs IIB xodimlari tomonidan kaltaklanişi oqibatida vafot etgani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

«2020 yilning 23 yanvar kuni soat 01:50da Çiroqçi tumanning Langar qişloğida sodir etilgan çorva mollari öğriliklarini foş etiş borasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida öğirlikda gumon qilinib Çiroqçi tumani IIO FMB binosiga olib kelingan Yu.A vafot etgan.

23 yanvar kuni mazkur holat yuzasidan Çiroqçi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan ÖzR JKning 206-moddasi 1-qismi va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Tergov davomida jinoyatni sodir etişda gumon qilingan şaxslarga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan.

Iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmagan. 

Tergov yakuni böyiça batafsil axborot berilişi aytilgan.

23 yanvar kuni viloyat IIBda bölib ötgan matbuot anjumanida Çiroqçi tuman IIB rahbari Fazliddin Yusupov tumanning Langar qişloğidagi mol öğriligida gumon qilinganlar tödasi qölga olinganini aytgandi.