Mahalla ahli salkam 2 sotix yerda 30dan ortiq arça ekib, parvarişlab kelmoqda. Yaqinda bu hududni tadbirkor auksionda sotib olgan va endi u şu yerda quriliş qilmoqçi. Yaşil daraxtzor örnini tez orada betonlar egallaydi.

Yaqin-yaqingaça metroning «Şahriston» bekatidan çiqişingiz bilan, köp qavatli uylar yonidagi 2 sotix yerda arçazorga közingiz tuşardi. 30dan ortiq arçani şu yerdagi köp qavatli uylarda yaşovçi aholi 2010 yilda öz hisobidan ekkan va şundan buyon özlari parvarişlab kelmoqda.

Hozir bu daraxtzor tösiqlar bilan örab olingan. 2020 yilda bu joyni tadbirkor auksion orqali qölga kiritgan, söng Toşkent şahar hokimining qarori bilan yer unga biriktirib berilgan.

Taniş ssenariyga asosan, kerakli taşkilotlar ruxsati bilan quriliş işlarini boşlamoqçi bölgan tadbirkor aholi qarşiligiga duç keladi. Çunki qurilişni boşlaş uçun arçalar qöporib taşlanişi kerak.

Öz mehnati va mehri bilan arçazor barpo qilgan, yaşillik va toza havo istab uni parvarişlab kelgan mahalla fuqarolari daraxtlarning kesilişiga va arzaçorda quriliş bölişiga, tabiiyki, rozi emas.

«Özimiz pul töplab ekib, endi soyasida ötirib, toza havosidan bahramand bölayotgan paytimizda arçalarni kesib taşlaşmoqçi»

Daraxtlar kesilişidan xavotirdagi mahalla ahli hatto navbat taşkil qilib, bu yerda qorovullik qilyapti.

«2010 yilda şu yerdagi köp qavatli uylarda yaşovçi fuqarolar bilan kelişib, pul töplab arçalarni ekdik. Qöşnilarimiz bilan parvarişlab kelmoqdamiz. Bu yerda 30dan ortiq arça bor.

Yaqinda bir tadbirkor kelib, arçazor joylaşgan hududni sotib olganini, 6 qavatli bino qurmoqçi ekanini aytdi. Şundan söng mahalla fuqarolari bunga qarşilik körsatdi. Tadbirkor va fuqarolar örtasida kelişmovçilik vujudga keldi.

Hozirda tadbirkor yerni örab olgan. Biz tun-u kun navbatçilik qilyapmiz. Arçalarga havo kerak. Arçalar örab olinganidan söng qurişni boşlagan.

Birinçidan, bu hudud metroga yaqin, ikkinçidan, yer ostidan kommunikatsiya tarmoqlari ötgan, arçalar bor. Kim buni sotgan? Nega bu sotuvga qöyilgan, heç tuşunmayapmiz», – deydi mahalla faollaridan biri.