22 aprel kuni boşlangan «Tashkent Law Spring» II xalqaro yuridik forumida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov qonunçilikni ixçamlaştiriş va ortiqça yukni kamaytiriş, biznesga nisbatan byurokratiyani va korrupsiyaga yetaklovçi normalarni kamaytiriş masalalariga töxtalib ötdi.

Ma’lum qilinişiça, yaqinda qabul qilingan «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi yangilangan qonunda Özbekiston huquqiy tizimi uçun zamonaviy bölgan masalalar: qonunçilikni raqamlaştiriş, tartibga soliş ta’sirini baholaş va jamoatçilik muhokamasi kengayişi, zamonaviy ekspertiza turlari kabi yangiliklar öz aksini topgan.

Vazir gilotina prinsiplari ham Özbekistonda işlay boşlaganini ta’kidladi.

«Yaqinda eskirgan prezidentning 500ta hujjatlari va hukumatning 2000ta hujjatlari bekor böldi. Yana 400ta hujjat bekor böliş arafasida. Bu yönaliş albatta davom etadi», – dedi u.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Adliya vaziri, şuningdek, qonunlarni işlab çiqişda manfaatdor tomonlarning keng iştirok etişi uçun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanilmayotganini qayd etgan.

«Köplab mamlakatlar qatori Özbekistonda ham qonunçilik hujjatlari loyihalarini jamoatçilik muhokamasidan ötkaziş uçun veb-portallar mavjud. Buni bevosita demokratiyaning bir körinişi deyiş mumkin.

Biroq, bu sohadagi imkoniyatlardan töliq foydalanilmayapti. Har bir manfaatdor tomon, xoh biznes vakillari, ilmiy ekspertlar hamjamiyati, nodavlat notijorat sektori, şuningdek, ommaviy axborot vositalari bölsin, qonun ijodkorligida bevosita va faol iştirok etişi lozim. Aks holda, ozçilik köpçilik uçun qaror qabul qiladigan vaziyat yuzaga kelişi mumkin.

Ayniqsa, ayrim vazirlik va idoralar tor doiradagi manfaatlarni ilgari suriş uçun ham jamoatçilik muhokamasidan foydalanmaslikka harakat qiladi, çunki biladi katta salbiy tanqid ostida qolişini. Mana şuning uçun ham bu mexanizm juda katta ahamiyatlidir.