AQŞ prezidenti Donald Tramp Kanada boş vaziri Mark Karnini telefon orqali muloqotda mamlakatdagi navbatdan taşqari parlament saylovlarida Liberal partiyasining ğalabasi bilan tabrikladi. Bu haqda 29 aprel, seşanba kuni Kanada boş vaziri idorasi ma’lum qildi.
Xabarda ta’kidlanganidek, har ikki yetakçi AQŞ va Kanada örtasidagi hamkorlik «mustaqil, suveren davlatlar sifatida» juda muhim, degan fikrga kelgan. Şu bilan birga, Tramp va Amerikaning amaldagi prezidentining aşaddiy tanqidçisi Karni «yaqin kelajakda» şaxsiy uçraşuv ötkaziş istagini bildirdi.
Kanadada 28 aprel kuni AQŞ bilan munosabatlarning yomonlaşuvi, Vaşingtonning Kanada eksportiga yuqori tariflar joriy etişi, Donald Trampning qöşni davlatni AQŞning 51-ştatiga aylantiriş tahdidi fonida muddatidan oldin parlament saylovlari bölib ötdi. Mark Karni öz partiyasining saylovdagi ğalabasi haqidagi nutqida Trampning agressiv siyosatiga qarşi qat’iy pozitsiyada turişga va’da berdi.
Ovozlarning 99,9 foizi hisoblab çiqilganidan söng, Kanada Liberal partiyasi saylovda 169 öringa ega böldi va şu tariqa deyarli mutlaq köpçilikni qölga kiritdi, buning uçun 172 örin zarur edi. Ayni paytda, bu hisob-kitoblarga köra, Per Pualevr boşçiligida saylovlarda iştirok etgan Kanadaning muxolif Konservativ partiyasi 144 ta parlament örnini oladi.
30 aprel kuni ertalab Mark Karnini saylovdagi ğalabasi bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş ham tabrikladi.

















