Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent şahrida taşqi reklama qurilmalarining hokimliklar tomonidan heç qanday asos körsatmasdan buzib yuborilişi holatlari yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Qömitaning ma'lum qilişiça, Vazirlar Mahkamasining «Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida» 104-sonli qarori asosida barça hududlarda, jumladan Toşkent şahridagi barça tuman hokimliklarining qarorlariga asosan işçi guruhlar tuzilgan. Işçi guruh ötkazgan xatlov natijalariga köra, Toşkent şahrida joylaşgan 6 630 ta konstruksiyaning 3 207 tasi yoki 50 foizga yaqinida kamçilik aniqlangan.
«Toşkent şahrida joylaşgan va qaror talablariga nomuvofiq deb topilgan 3 207 ta taşqi reklama obektlarining 1 459 tasi yöl qatnov qismida joylaşganligi, 124 tasida oraliq masofaga rioya qilmaganligi, 1 104 tasining egasi aniqlanmagan hamda 520 tasida boşqa kamçiliklar (avtomobil yöllarining ajratuvçi bölagida, xususan, yölning yonma-yon joylaşgan qatnov qismlarini ajratuvçi, transport vositalari harakatlanişi yoki töxtaşi uçun möljallanmagan, yöl sathidan baland va (yoki) yotiq çiziği bilan belgilangan qismida hamda trotuar va piyodalar yölkalarida, xavfsizlik orolçalarida joylaşgan va boşqalar) aniqlangan» – deyiladi bayonotda.
Eslatib ötamiz, Kun.uz bilan suhbatlaşgan tadbirkorlar hokimiyatlar tomonidan tuzilgan va örganiş olib borgani aytilayotgan işçi guruhlar ularga konstruksiyalardagi kamçiliklar haqida ma'lumot bermaganini ta'kidlaşgan.
Şuningdek, qömita bayonotida taşqi reklama obektlarini bosqiçma-bosqiç yuqori texnologiyali qurilmalarga (LED ekran) özgartiriş kerakligi aytilgan.
«Qarorga muvofiq 2020 yil 31 dekabrga qadar birinçi darajali markaziy qatnov köçalarida hamda 2021 yil 31 dekabrga qadar ikkinçi darajali markaziy qatnov köçalarida joylaştirilgan taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yuqori texnologiyali qurilmalarga bosqiçma-bosqiç özgartiriş;
birinçi darajali markaziy qatnov köçalarida faqat video ekranli va ikkinçi darajali markaziy qatnov köçalarida aralaş turdagi yuqori texnologiyali taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) örnatilişini nazarda tutiş.
Bunda birinçi va ikkinçi darajali markaziy qatnov köçalarida örnatilgan taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun reklama joylari pasporti mos ravişda mazkur bandning «v» kiçik bandida körsatilgan muddatlargaça ruxsat beriladi hamda Örnatilgan taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun tölovlar miqdorini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizomga 2-ilovada körsatib ötilgan bir martalik yiğim undirilmaydi.



















