Tele- va radiodasturlarni qayta uzatiş xizmatlari bozoridagi raqobat qonunçiligi talablarini buzgani uçun “Özbekiston kabel televideniyesi” MÇJga nisbatan iş qözğatildi. Bu haqda Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi xabar bermoqda.
“Özbekiston kabel televideniyesi” xorijiy telekanallarning teledasturlar paketini şakllantiriş va ularni Özbekiston hududida kabel va IP-televideniye faoliyati bilan şuğullanuvçi xöjalik yurituvçi sub’yektlarga tarqatiş xizmati böyiça Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xöjalik yurituvçi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan.
“Maxsus komissiya tomonidan murojaatda qayd etilgan holatlar örganib çiqilib, bozorda ustun mavqega ega korxona – “Özbekiston kabel televideniyesi” MÇJga nisbatan iş qözğatildi hamda jamiyat tomonidan adolatsiz narx qöllangani va raqobat qonunçiligi talablari buzilgani holatlarini bartaraf etiş böyiça qaror va körsatma berildi. Natijada, narxlarni sun’iy oşiriş holatiga çek qöyildi va tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy manfaatlari himoya qilindi”, – deyiladi xabarda.
Şuningdek, qözğatilgan iş yakuni böyiça, Maxsus komissiya tomonidan “Özbekiston kabel televideniyesi” MÇJga xizmatlar narxlarini tartibga soliş organida tasdiqlaş (deklaratsiya qiliş) hamda kelgusida işlarni qonunçilik talablari doirasida davom ettiriş yuzasidan tegişli körsatma berilgan.

















