Bir neça hafta avval boşlangan uşbu harakatlarda dastlab tuman hokimliklari tadbirkorga qönğiroq qilib, reklama bannerini ixtiyoriy ravişda olib taşlaşni söraydi.
«Agar biz reklama bannerini olib taşlaş uçun qandaydir asosi bormi, nimaga asosan bunday iş qilinyapti, deb sörasak, yuqoridan şunaqa buyruq berilganini aytişmoqda. Lekin bizga heç qanaqa «buyruq» körsatilmayapti», deydi tadbirkorlardan biri.

Tadbirkorlar uşbu masala yuzasidan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev huzuriga ham kirişgan. Poytaxt hokimi mahalliy hokimliklarga bunday buyruq berilmaganini, tadbirkorlar IIO xodimlarini çaqirib yoki prokuratura va sud orqali öz mulklarini himoya qilib olişlari mumkinligini aytgan.

«Masalan, Mirzo Uluğbek, Şayxontohur, Çilonzor, Yunusobod va Olmazor tumanlarida mahalliy hokimlik xodimlari kelib reklama konstruksiyalari buzilişini aytadi. Biz hamma işimiz qonuniy ekanligini aytib, hujjatlarini körsatsak, ular hujjatga qarab ham ötirişmaydi. Öz mulkimizni himoya qilib IIV xodimlarini çaqirsak, hokimiyat vakillari bilan bannerni buziş uçun kelgan GOMM boşliği çaqiruv bilan kelgan IIV xodimlarini qaytarib yubormoqda», – deydi yana bir tadbirkor.

Ma'lum qilinişiça, şu vaqtgaça tadbirkorlarga tegişli 203ta taşqi reklama konstruksiyalari hokimlik vakillari tomonidan heç qanday asos körsatilmasdan buzib taşlangan. Konstruksiyalarning narxi ularning sifati va şakliga qarab 20 million sömdan 300 million sömgaça boradi. Şuningdek, asossiz buzib taşlangan konstruksiyalar Mirzo Uluğbek tumani obodonlaştiriş bölimiga olib borib qöyilgan va bölim boşliği ularni tadbirkorlarga qaytarib bermasligini bildirgan.

«Barça reklama bannerlarimizning hujjatlari joyida. Soliqlarni öz vaqtida tölab işlab kelayotgandik. Bundan taşqari, 5-6 nafardan xodimlarimiz bor, ularga ham işçi örni yaratganmiz. Bizga reklama bergan tadbirkorlarning ahvoli nima böladi? Nega bunday qonunsizlik va özboşimçalik bilan tadbirkorlarning huquqlarini buzişayotganidan hayronmiz, mulklarimizni keçasi bilan himoya qilib çiqişga majbur bölyapmiz», – deydi yana bir tadbirkor.




















