«Samosud»dan farqi nima? Toşkentda reklama konstruksiyalari sud qarorisiz buzilyapti
|23:43 / 22.04.202122 1629 min
Toşkentda reklama bilbordlariga keng miqyosli «snos» e'lon qilindi. Kun.uz suriştiruvi bu jarayonda tadbirkorlar huquqlari poymol etilayotganini körsatmoqda.
Kuni keça saytimizda Toşkent şahridagi önlab tadbirkorlarning taşqi reklama obektlari mahalliy hokimiyatlar tomonidan heç qanday hujjatsiz buzib taşlanayotgani haqida maqola e'lon qilgan edik.
Maqolada poytaxtdagi taşqi reklama biznesi egalarining özlariga mulk huquqi bilan tegişli bölgan, bahosi 300 million sömgaça turadigan 200 dan ortiq reklama konstruksiyalari noma'lum sabablarga köra buzib taşlanayotgani yoritilgan.
Uşbu harakatlardan jabr körgan tadbirkorlar özlariga tegişli taşqi reklama obektlarini nega noqonuniy buzib yuborilmoqda deb hisoblaşlarini aytib berdi.
«Solid Max» MÇJ xodimi Rafiq Ergaşevning aytişiça, hozirgi kungaça korxona balansidagi 43 ta taşqi reklama obektining 11 tasi tuman va şahar hokimliklari tomonidan noqonuniy ravişda buzib taşlangan.
Taxminiy zarar miqdori konstruksiyalar turiga qarab, har biri uçun 15-20 million sömni taşkil qiladi.
Rafiq Ergaşev «Solid Max» MÇJ xodimi
«Qölimizda obektning pasporti bor, uni buzayotganlardan asos sörasak, qonuniy asos keltira olmayapti. Oğzaki ravişda sizlar LED ekran va hokimiyatlar bilan şartnoma qilmagansizlar deyişyapti.
2020 yil 20 fevralda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 104-sonli «Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida»gi qarori böyiça Nizom bor. Ya'ni Toşkent şahridagi barça reklama obektlari VM qaroriga mos keladimi yoki yöqligi invertizatsiya qilinişi kerak edi. Bu böyiça 6 oy içida tadbirkorlarga xatolar böyiça körsatma berilişi yoki ijobiy xulosa berilişi kerak edi. Lekin heç qanday işçi guruh tuzilmagan, körsatmalar va xulosa ham berilmagan.
Ijobiy xulosa asosida biz davlat xizmatlari markazidan 20 yillik garantiya LED ekranli obekt uçun pasport olardik. Xulosa berilmaganidan keyin, katta tavakkal qilib 150-170 million söm turadigan qimmat, buzilib ketmasligiga kafolat berilmaydigan LED ekranlarni qöyib çiqolmaymiz-da. Bundan taşqari, bu noqonuniy ham böladi, çunki pasport oddiy reklama obektiga berilgan», – deydi tadbirkor.
Mavzuga oid
Tadbirkorlarning aytişiça, ular barça turdagi soliqlarni öz vaqtida tölab kelişmoqda. Faqat reklama obektlari uçun şahar hokimligining «yiğimi» 2020 yil 1 apreldan buyon tölanmayapti. Bu ham tadbirkorlarning aybi bilan emas. Çunki öşa vaqtdan beri hokimliklar heç qaysi tadbirkorga şartnoma bermay qöygan.
Ahmadjon Sodiqov «Gunn Media» ta'sisçisi
«2018 yilda «Toşkent reklama servis» DUK yopilganidan keyin, «Tasviriy oyina» tuzildi. 2020 yil aprelga qadar bu taşkilot tadbirkorlar bilan şartnoma tuzişda amaliy kömak bergan. Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga köra, 2020 yil apreldan şartnoma tuziş böyiça majburiyat tuman hokimliklariga ötgan, lekin tuman hokimliklari şartnoma tuzmagan. Şartnoma tuzib, pasportlarimizni LED ekranga almaştirib bersin, biz yiğimlarni tölaşga tayyormiz», – deydi «Gunn Media» ta'sisçisi Ahmadjon Sodiqov.
Ahmadjon Sodiqovning aytişiça, şu kunlarda unga tegişli bölgan 2 tasi 50 million sömdan, 6 tasi 20 million sömdan ortiq bölgan jami 8 ta taşqi reklama obektlari noqonuniy va asossiz olib taşlangan. Bundan taşqari, uşbu obektlarning biznes manfaatdorligi ham bor.
«Vazirlar Mahkamasining 104-sonli qarori böyiça, agar tadbirkorlarning taşqi reklama obektlari notöğri qöyilgan bölsa yoki uşbu qaror talablariga zid kelsa, faqatgina sud tartibida olib taşlanişi kerak. Hokimiyat vakillari qarorning tepasini öqib, pastki qismini körmaganga olyapti», – dedi «Grand media dizayn» reklama agentligi direktori Tohir Usmonov.
Tohir Usmonov "Grand media dizayn" reklama agentligi direktori
Avvalgi maqolamizda ham eslab ötganimizdek, tadbirkorlar uşbu masala yuzasidan Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev huzuriga ham kirişgan. Poytaxt hokimi mahalliy hokimliklarga bunday buyruq berilmaganini, tadbirkorlar içki işlar xodimlarini çaqirib yoki prokuratura va sud orqali öz mulklarini himoya qilib olişlari mumkinligini aytgan.
Tadbirkorlar hokimiyat oldida
Lekin, «Solid Mass» MÇJ xodimi Rafiq Ergaşevning aytişiça, reklama konstruksiyalarini buziş uçun kelgan mahalliy hokimlik xodimlari bilan gaplaşgan IIO xodimlari tadbirkorlarning özlarini bölinmaga olib ketib qolgan.
Vaziyatga izoh bergan Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xodimiga köra, hokimlik faqat noqonuniy örnatilgan reklama qurilmalarini olib taşlaşni ötgan yildan boşlangan va bu tadbir hozir ham davom etyapti.
«Agar biror bir tadbirkor qölida hamma kerakli xulosa va hujjatlari böla turib, uning mulki buzib taşlanayotgan bölsa, u albatta huquq-tartibot idoralariga murojaat qilişi mumkin», dedi biz bilan suhbatlaşgan hokimlik rasmiysi.
Lekin, vaziyatga izoh bergan Çilonzor tumani hokimligi matbuot xizmatiga köra, bu işlar Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonovning tuman hokimlari va Toşkent şahar IIBBga yuborgan xati asosida tartibda solinmoqda.
Xatda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi «Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida»gi 104-son qarori 2– bandining «ye» kiçik bandiga muvofiq, qaror qabul qilingunga qadar qonuniy ravişda örnatilgan barça taşqi reklama obektlarini qaror talablariga moslaştiriş uçun 6 oy muddat berilgani va şu muddatda belgilangan talablarga moslaştirilmagan reklama obektlari örnatilgan tartibda olib taşlanişi (demontaj qilinişi) belgilangan.
Şahar hokimi örinbosarining xatiga köra, 2020 yil 31 dekabrga qadar birinçi darajali markaziy qatnov köçalarida joylaştirilgan taşqi reklama obektlarini yuqori texnologiyali qurilmalarga bosqiçma-bosqiç özgartiriş belgilangan.
«Şuningdek, qaror 8-bandining 2-xatboşisiga köra, taşqi reklama obektlarini quyidagi hollarda örnatiş taqiqlanadi:
avtomobil yöllarining ajratuvçi bölagida;
yölning yonma-yon joylaşgan qatnov qismlarini ajratuvçi, transport vositalari harakatlanişi yoki töxtaşi uçun möljallanmagan, yöl sathidan baland va (yoki) yotiq çiziği bilan belgilangan qismida;
trotuar va piyodalar yölkalarida;
xavfsizlik orolçalarida.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ilovada körsatilgan röyxat asosida tegişli işlarni örnatilgan tartibda amalga oşirişingizni hamda qaror 8-bandining ikkinçi xatboşisida körsatilgan holatlarni taşqi reklama egalarini ogohlantirib, birgalikda bartaraf qiliş böyiça tegişli çoralar körişingizni sörayman» – deyiladi xatda.
Bundan taşqari, vaziyatga Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi ham izoh bergan edi.
Agentlik, Toşkent şahrida joylaşgan va xatlovdan ötkazilgan 6 630 ta taşqi reklama obektlarining 3 207 tasi (50%) qaror talablariga muvofiq emasligi aniqlangani, ularga kamçiliklarni bartaraf etiş, qaror talablariga moslaştiriş, moslaştiriş imkoni bölmagan taqdirda ixtiyoriy ravişda demontaj qiliş yuzasidan tegişli tuman (şahar) hokimliklari tomonidan 571 ta (2034 ta konstruksiya böyiça) körsatma xatlari berilganini ma'lum qilgan.
Lekin, Kun.uz bilan muloqot qilgan köplab tadbirkorlar ularga heç qanday körsatma va ogohlantiriş berilmagani, reklama bannerlaridan heç qanday kamçiliklar topilmaganini ta'kidlaşgan.
Şuningdek, içki işlar organlari xodimlarining tadbirkorlar çaqiruvi asosida kelib, ularga yordam bermayotgani yuzasidan Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati ham izoh bergan edi. IIBB vakili bunday holatda «har bir vaziyatga alohida yondaşiş» kerakligi, hokimlik va tadbirkorlar örtasidagi masala fuqarolikka doir masala bölişi yoki heç qanday jamoat tartibini buziş holati kuzatilmagan bölişi ham mumkinligini istisno etmagan.
«Lekin, har qanday holatda ham tadbirkor öşa hududdagi içki işlar bölinmasi rahbari yoki prokuraturaga ariza bilan murojaat qilişi kerak. Şunda uning arizasi asosida iş örganib çiqiladi», – degan IIBB rasmiysi.
Körib turganingizdek, hokimlik javobida ham, hokim örinbosarining yuqoridagi xatida ham Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori çetlab ötilgan. Ya'ni tadbirkorlarning mulki sud tartibida, noqonuniy ekani isbotlangan holda emas, balki yarim keçasi, fuqarolarning qölidagi hujjatiga qarab ham ötirmasdan buzib taşlanmoqda.
Tadbirkorlarning ma'lum qilişiça, ayni vaqtda ular qonuniy manfaatlarini himoya qilişni sörab, prezident xalq qabulxonasi, Boş prokuratura, Ombudsman va Biznes ombudsman, Toşkent şahar hokimliklariga murojaat qilişgan.
Biznes-ombudsman matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, ayni vaqtda tadbirkorlar orasida keskin noroziliklarni keltirib çiqarayotgan mahalliy hokimiyat organlarining uşbu harakatlarining qonuniyligini Biznes-ombudsman devoni tomonidan örganib çiqilmoqda.
Şu bilan bir qatorda tadbirkorlar murojaat qilgan rasmiy idoralarning ham holatga izoh berişini kutib qolamiz.