Apple kompaniyasi Indoneziya hukumati iPhone 16 smartfonlarini sotişga qöyilgan taqiqni olib taşlaganini ma’lum qildi. Bu haqda 9to5mac xabar berdi.

Taqiq 2024 yil oktabr oyida Apple investitsiya majburiyatlarini bajarmagani uçun joriy qilingan edi.

Apple işlab çiquvçilar akademiyasiga 109 million dollar va mahalliy işlab çiqarişga 10 million dollar sarmoya kiritdi, biroq rasmiylar bu harakatlarni yetarli emas deb hisobladi. Bunga javoban Apple mahalliy işlab çiqariş xarajatlarini 100 million dollarga oşirişni taklif qildi, biroq hukumat 1 milliard dollar sarmoya kiritişni talab qildi.

Taqiq qöyilgandan söng, 283 milliondan ortiq aholiga ega Indoneziyaga atigi 9 mingta iPhone 16 yetkazildi. Bu esa katta bozordan quruq qolgan Apple kompaniyasiga ta’sir körsatdi.

Taqiqning olib taşlanişi Apple kompaniyasiga öz mahsulotlarini mamlakatda qonuniy sotişni qayta boşlaş imkonini beradi.