Klubda Kriştianu Ronaldu darajasidagi yulduz bölsa, rahbarlar u ketganidan keyin nima bölişi haqida öylaşi kerak. Aniqroği — undan keyin jamoaning yangi yuzi kim bölişi haqida. «Real»da ham bu savol berilgani aniq, ammo heç kim portugaliyalik yulduz bilan xayrlaşuv bu qadar tez sur'atda va barvaqt bölişini kutmagandi.

Avvaliga köpçilik uning örnini Vinisius Junior egallaşini kutgandi va bu mantiqiy ham edi - u 17 yoşida katta pulga sotib olingandi. Keyin esa «Santyago Bernabeu»ning yangi yetakçisi bölişiga umid boğlanib, Eden Azar sotib olindi hamda unga «Qirollik klubi» uçun katta ahamiyatga ega bölgan yettinçi raqam topşirildi. Ammo belgiyalik futbolçi doimiy tarzda jarohat olib kelmoqda, Vinisius esa hali ham ötiş davridan öta olmayapti.

«Real» uçun bular qay darajada muammo, ammo eng asosiysi emas. Çunki Madridda yangi qirol paydo böldi. Paydo böldi deyiş öz ma'nosida emas. Karim Benzema jamoada 12-mavsumni ötkazmoqda. Madridda murabbiylar almaşadi, avlodlar almaşadi, ammo fransuz futbolçisi öynaşda davom etadi, u Raul bilan birga öynaşga ulgurgan, u seşanba oqşomida Çempionlar ligasida urilgan gollar soni böyiça uşbu afsona bilan tenglaşib oldi. Bu öyindagi gol Karim uçun YeÇLdagi 71-gol böldi. Yuqorida faqat Ronaldu (134), Leo Messi (119) va Robert Levandovski (73).

Benzema YeÇL pley-off öyinlarida 20 gol urgan – u bu borada Myuller (24), Levandovski (26), Messi (49) va Kriştianu (67) kabi futbolçilarni ta'qib qilmoqda.

Yana bir nyuans ham bor — asosiy yevrokubokdagi gollarining barçasini Benzema öyindan urgan va bu 33 yoşli hujumçining unikalligi haqidagi yana bir fakt.

Fransuz YeÇLdagi ajoyib öyini bilan çeklanmaydi, u Ispaniya çempionatida ham zör öynamoqda –  La Lige-2020/21 öyinlarida undan köp golni faqat Messi urgan (25ga qarşi 21). U 7 assistga ham mualliflik qilgan: Benzema «Real»ning La Ligadagi jami gollarining yarmida iştirok etgan.

Foto Reuters

Hozirda bir vaqtlar Florentino Peres uni sotib yubormoqçi bölganiga işoniş qiyin. Bu köngliga keladiganini qilaveradigan, katta nomlarga öç «Real» prezidenti uçun odatiy holat. Masalan, uni jamoa qatorasiga uç mavsumda YeÇL ğolib bölişiga katta hissa qöşgan kosta-rikalik Keylor Navas ham qoniqtirmagandi.

Har safar Zinedin Zidan uşbu darvozabonni jamoada olib qolar edi, ammo murabbiy ketganidan keyin Peres «azaliy orzusi»ni amalga oşirdi va Tibo Kurtuani sotib oldi. Belgiyalik darvozabon sönggi ikki mavsumda çindan ham yaxşi öynamoqda, ammo buni Navasning «PSJ»dagi öyinlari bilan tenglaştirib bölmaydi. Savol tuğiladi: Tarkibda yuqori darajadagi darvozabon böla turib, uning öyinida heç qanday muammo yöqligida yangi darvozabon uçun 40 million yevro sarflaş va transfer doirasida «Çelsi»ga Mateo Kovaçiçni berib yuborişda mantiq bormi?

Jamoaning baxtiga, Benzema bilan vaziyat boşqaça tus oldi, endi Peres «Lion»dan forvard sotib olib, eng töğri qarorlaridan birini amalga oşirgan bölib çiqmoqda. Öşanda «Real»da butunlay boşqa futbolçi birinçi raqamli maqsad edi, ammo «Valensiya» David Vilyani sotişni istamagandi. Öşa vaqtda jahon futboli yulduzlaridan biri bölgan ispaniyalik hujumçi «Real»ning yangi fransuz hujumçisidan olti yoş katta edi. «Valensiya» bir yil ötib, 2010 yilda Vilyani «Barselona»ga sotadi, 2013 yilda esa futbolçi ispan futbolining boşqa bir grandi - «Atletiko» safiga ötadi. Ammo Madridda bir yil öynab, okean ortiga, MLS çempionatiga yöl oladi. Orada Avstraliyada ham öynagan futbolçi faoliyatining sönggi qismini Yaponiyada, J-ligasida ötkazdi va bir yil oldin futbolçilik faoliyatini yakunladi, Benzema esa hamon katta futbolda.

Ronaldu davrida ham yaxşi statistikaga ega bölgan bölsa-da, fransuz forvardi baribir «Oltin töp»ning beş karra sohibi soyasida qolardi, hozir esa u şaksiz «Real»ning primasi. U Çempionlar ligasida sönggi uç mavsumda Kriştianudan köproq gol urgan — 15 gol 14taga qarşi. Portugaliyalik futbolçi ketganidan keyin aynan Benzema madridliklar jamoasida barça turnirlar doirasida urilgan gollar soni böyiça ham (85), golli uzatmalar soni böyiça ham (29) birinçi.

Bu raqamlar fransuz futbolçisining buyukligini ta'kidlaydi, ammo, aftidan, uning qaymoqranglilar safidagi rolini töliq oçib bera olmaydi. Benzema turliça öynaşi mumkin, u öz vaqtida Ronaldu uçun ideal şerik bölib, himoyaçilarni öziga jalb qilgan holda portugaliyalik uçun hududlarni tozalagan, bu davr uning imkoniyatlarini rivojlantirgan.

U doimiy ravişda ortga qaytişi — şunçaki töp izlab ortga qaytiş emas, u hujumni çuqurdan boşlaşda iştirok etib, bir neça soniya içida raqib jarima maydoni içida paydo bölişi yoki jamoadoşlaridan birini zarba beriş nuqtasiga çiqarişi mumkin. Zamonaviy futbolda u kabi intensiv, qora işlarni qilişdan qaytmaydigan va pressingda faol iştirok etadigan futbolçilardan faqat Kavanini Benzema bilan taqqoslaş mumkin.

«U yanada serqirra futbolçiga aylandi, u endi şunçaki «töqqizlik» emas. Karim faqat özi gol urişi haqida öylamaydi va şuning uçun uni yoqtiraman. U jamoadoşlari bilan kombinatsiyalar uyuştiradi va ular uçun qulay vaziyatlar yaratib beradi, jamoaga gol kerak bölganida özi katta sahnaga çiqib kerakli gollarni uradi», deya tasdiqlaydi Zidan.

Zizuning bu sözlari qariyb tört oy oldin aytilgan, ammo «Çelsi»ga qarşi öyindan keyin bu sözlar yana dolzarblaşdi. Londonliklar yaxşi öynaşdi va öyindagi qahramonlardan biri sifatida şu kuni maydon markazini nazorat qilgan Ngolo Kanteni aytiş mumkin, «Real» esa faqat bir bor raqib darvozasi tomon aniq zarba berdi. Ammo bu qanday zarba edi!? Havodagi töpni boş bilan qayta işlab unga qaytarib bölmas zarba beriş — bu yuqori saviya belgisi. Bir haftadan keyin «Stemford Brij»da qaymoqranglilarni finalga olib çiqişi mumkin bölgan futbolçi - bu faqat Benzemadir.

Manba: Sport-Ekspress