«E-auksion»da savdo natijalarini monitoring qiluvçi tuzilma iş boşladi.
Qayd etilişiça, «E-auksion» savdo maydonçasi faoliyatini samarali taşkil etiş, onlayn savdolar iştirokçilari manfaatlarini himoyalaş maqsadida «Elektron onlayn auksionlarni taşkil etiş markazi»ning yangi tarkibiy tuzilmasi tasdiqlandi.
Unga köra, turli yönalişlarda ötkazilgan savdolar natijasi, ğoliblarning mulkni qölga kiritişi bilan boğliq masalalar bilan şuğullanuvçi Onlayn-auksion savdolari natijalarining monitoringi bölimi taşkil etildi.
«Endilikda savdo maydonçasida taşkil etilgan savdolarda iştirok etib ğolib bölgan qatnaşçilarning manfaatlarini himoya qiliş böyiça Markaz xodimlari iş olib boradi. Ğoliblarga huquqiy maslahat beriş va ularni töğri yönaltiriş bölimning asosiy vazifasi hisoblanadi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq, «E-auksion» qanday tartibda ötkazilişi, röyxatdan ötiş va zakalad miqdori haqida ma'lumot berilgandi.











