Ğazodagi dunyoning yetakçi ommaviy axborot vositalari ofislari, apartamentlar va tijorat kompaniyalari joylaşgan ön bir qavatli bino Isroil raketalari hujumi oqibatida vayron böldi.
Al Arabiya telekanalining ma'lumot berişiça, "Al-Jala" deb nomlanuvçi uşbu binoda Qatar telestansiyasi, Associated Press agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalari vakolatxonalari joylaşgan edi.
Ğazodagi eng baland binolardan biri hisoblanuvçi mazkur inşootdagilarga uni tark etiş uçun bir soat vaqt berilgan. U Isroil raketalari vayron qilgan Ğazodagi törtinçi köpqavatli bino böldi.
Ğazo sektori jamoat işlari va uy-joy qurilişi vazirligining ma'lumot berişiça, 10 maydan buyon sohilböyi anklavida 500dan ortiq uy butunlay vayron bölgan, 3 mingga yaqin uyga şikast yetgan. Jumladan, 16 qavatli "Aş-Şuruk", 14 qavatli Burj-Xanadi, 8 qavatli Burj al-Javhara inşootlari va sanoat banki binosi vayron qilingan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, otişmalar natijasida Isroil tomondan 10 kişi, Falastin tomondan 139 kişi halok bölgan.













