HAMASning jangovar qanoti “Izzaddin al-Qassam brigadalari” Isroilning Tel-Aviv şahriga olti oy davomida zarba berişga tayyorligini e'lon qildi. Bu haqda Donia Al-Watan radiostansiyasi xabar bermoqda.

"Biz Tel-Avivga olti oy davomida zarba berişga tayyormiz", - deya harakat vakili Abu Ubaydning sözlaridan iqtibos keltiradi radiostansiya.

Avvalroq “Izzaddin al-Qassam brigadalari” Tel-Aviv yönalişida bir neça önlab raketalarni uçirganini ma'lum qilgandi. Isroilning Kan radiosi xabariga köra, raketa zarbalari oqibatida bir kişi halok bölgan.

Ğazo sektori va Isroil örtasidagi özaro raketa otişmalari 10 maydan buyon davom etmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga köra, otişmalar natijasida Isroil tomondan 10 kişi, Falastin tomondan 139 kişi halok bölgan.